Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 Kesakpolvon hozircha o‘z taxtida o‘tirgan hojasining olazarak qarab qo‘yishlarini sezdi, Halimjonni chaqirib qulog‘iga shivirlaganini ko‘rganda sergaklandi. Halimjon ketgach, Asadbek a’yonini imlab chaqirdi. — Dasturxonga qarab qo‘ysang bo‘lmaydimi? — dedi Asadbek bir oz zardali ohangda. — O‘lar joyda emasmiz-ku, yo bozorda meva-chevaning urug‘i qurib ketibdimi? — Endi... ma’rakada siporoq bo‘lsin, debman-da. Hozir qotiramiz, — deb o‘zini oqladi Kesakpolvon. — O‘tir,— dedi Asadbek, — Halimni jo‘natdim. Sen yigirmani o‘yladingmi? — Ha, o‘n to‘qqiz kunda qilamiz. Mahmudning hurmati bor, darrov o‘tkazib yuborsak, ayb bo‘lar. — Qaerda bo‘ladi? — Shu yerda, hovlisi keng, bemalol. — Osmonga qarab qo‘y-chi? — Uch-to‘rtta parashyut olib kelib to‘sib tashlaymiz. — Bo‘lmaydi. Anhor bo‘yini gaplash. Tuzukroq qorilarni ayttir. — Qorilarning xo‘rrozini toptiraman. Yo Sobitxoningni Qo‘qondan oldirib kelaymi? — Uni bezovta qilma. Sen bundan buyog‘iga yigitlarga ko‘z-quloq bo‘lib tur, bevoshlik qilishmasin. Avval ham aytuvdim, a? Esingdami? Zamonga qaralaring, noziklashib qoldi. Qozixonangni yopdingmi? — Allaqachon yopib tashlaganman. — Hosilning bollari tinch yuribdimi? — Gah, desang qo‘lingga qo‘nadigan qilib qo‘yganman. — Haydar, endi ikkalamiz qoldik. Birga boshlagan edik, oxirida ham ikkalamiz qoldik. — Oxirida deganing nimasi? — Hamma narsaning oxiri bo‘ladi, og‘ayni. Men senga suyanaman, meni yolg‘izlatma. Asadbekning dardli ohang libosiga o‘rab aytgan bu yolg‘oni xuddi rost gapday eshitilib, Kesakpolvonni eritdi. «Ha, endi o‘limini bo‘yniga olibdi», degan fikr xayolini bir yoritdi. Asadbekning yelkasiga qo‘lini tashlab, mehribonlik bilan quchdi: — Unaqa sovuq nafas qilma, oshna. Hali qiladigan ishimiz ko‘p. — Buni to‘g‘ri aytding. Qiladigan ishimiz ko‘p... Asadbek shunday deb a’yoniga qaradi. Bu qarash zamirida «Sening ishing taxtga chang solish, mening ishim esa boshqa», degan ma’no yashiringanini Kesakpolvon fahmlamadi. Shu payt xizmatchi yigitlardan biri yaqinlashib, Moskvadan Xongirey so‘rayotganini aytdi. Asadbek Kesakpolvonga savol nazari bilan qaradi-da, o‘rnidan turib, mehmonxona tomon yurdi. A’yoni esa ikki qadam qo‘yib ergashdi-yu, so‘ng to‘xtadi. Asadbek bundan sergaklandi: «Nega to‘xtadi? Xongireyning gapiga nega qiziqmadi?» Shaxovskiydagi qarorgohidan mehmonlarni kuzatib, Kozlov masalasida ham, Asadbek masalasida ham muddaosiga yetgan Xongirey hol so‘ragach, qayg‘uli xabar eshitganini aytib, ta’ziya bildirdi-da: — Asad, men doimo sen bilan birgaman, — deb tasalli berdi. Asadbek minnatdorlik bildirgach, qisqa suhbat yakun topdi. Xabarning Moskvaga yetgani ajablanarli hol emas. Telefon go‘shagi ko‘tarilsa, bir-ikki daqiqada har qanday xabar Moskva nima, dunyoning narigi chekkasiga ham yetadi. Lekin o‘sha go‘shakni kim ko‘targan, kim Xongireyning raqamlarini tergan? «Xongireyning shu atrofda izg‘ib yurgan laychalarimi yo bag‘rimda isinib yotgan ilonlardan birimi?» — deb o‘yladi Asadbek iziga qaytar chog‘ida. — «Sen bilan birgaman», dedi. Ha, albatta, birgasan. O‘lsam ham seni birga olib ketaman». Kesakpolvon joyiga qaytib o‘tirmay, darvozaxonada turgan edi. Asadbekni qarshilab ko‘zini olib qochgan holda: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling