Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
V b o b 
1 
Zulmat... 
Ha, zulmat edi. 
Nafas oldi-yu, nafas chiqarishga ulgurmadi. Xuddi birdaniga chiroq o‘chirilganday bo‘ldi. 
Zulmat qanday bostirib kirganini sezmay qoldi. «Ana endi o‘ldim», deb fikrlashga ham 
ulgurmadi. 
«Qassob» qo‘lida asir ekanida «Bu jinni bu baloni portlatib yuborsa, o‘lar oldidan 
oilamga bir og‘iz ham gapirolmay ketamanmi?» deb afsuslangan edi. «Kelib-kelib 
shunday o‘lim menga nasib qiladimi-ya? — deb o‘yladi mayor Soliev. — Uyda hech 
bo‘lmasa uch-to‘rt kun oyoqni cho‘ziltirib yotib, bola-chaqaga vasiyatni qilib, so‘ng jon 
berishning ham gashti bor ekan-da, a?» 
Aytadigan gaplari ko‘p ham emas, bolalariga «onang-ni hurmat qillaring, halol yeb, halol 
yashalaring», deydi. Otasi unga shunday vasiyat qilib edi. Otasidan oshirib u nima deya 
olardi? 
Aslida bu gapni kunda bo‘lmasa-da, tez-tez aytadi. Ammo o‘limi oldidan aytsa u oddiy 
gap maqomidan chiqib, vasiyat martabasiga ko‘tariladi. 
Xotiniga ham ko‘p gapirmaydi. «Kelining bilan hadeb o‘chakishaverma, bechorani 
ezaverma», deydi xalos. 
Aslida bu gapni ham kunda bo‘lmasa-da, tez-tez aytadi. U aytishdan charchamaydi, 
xotini o‘z bilgicha yashashdan horimaydi. Soliev qaynona-kelin mojarosiga poydevor 
bo‘lguvchi, ko‘pchilik e’tibor bermaydigan bir sababni aniq biladi: uning xotini ham ko‘p 
onalar singari o‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi. Yigirma yilmi yo undan ko‘proqmi hamisha 
qanotida yurgan farzandining xuftondan so‘ng «g‘oyib» bo‘lishiga avvaliga 
ko‘nikolmaydi, keyin-keyin esa chidolmay qoladi. «Qizil oyoq kelib, qizil yuzdan judo 
qildi», degan maqolning aynan o‘shanday «qizg‘anchiq» onalar to‘qigani bejiz emasligini 
Soliev anglaydi. Gaplari shamolga sovrilishini bilsa-da, tanbeh beraveradi. 
Jon chiqishi oldidan so‘nggi bor aytsa bo‘lardi. Ammo endi bunisi oddiy gap maqomidan 
chiqib, vasiyat martabasiga ko‘tarilardi. Nodon xotini hech bo‘lmasa, bir-ikki hafta 
vasiyatga amal qilar axir. So‘ng qizg‘anish olovi yanada battarroq alanga olar. Oldinlari 
yonida eri bo‘lardi, yolg‘izlik muzxonasining sovug‘i unga kamroq sezilardi. Eri o‘lgach, 
muzliklar aro yalangoyoq, yalang‘och qolgandek bo‘ladi. Tongga qadar azoblanadi. 
Azobning alamini kimdan olishi esa tayin... 
Temir yo‘l bekatida ko‘kragiga bomba bosilgan holda nochor turgan mayor Soliev 
aytolmaydigan vasiyati bahonasida shularni ham o‘ylashi kimgadir g‘alati, balki 
ishonchsiz tuyulishi mumkin. Holbuki, g‘alat holatlarda g‘alat o‘ylarning fikrni yoritib 
o‘tishi mutlaqo g‘alati emasdir. Agar Solievning o‘rnida bir necha soat avval 
«Qassob»ning o‘qidan jon bergan militsioner yigit bo‘lganida boshqacha o‘ylab, o‘zgacha 
vasiyatni fikr qilardi. Agar unga «hozir «Qassob» seni otib o‘ldiradi, vasiyatingni aytib 
ol», deb imkon berilsami, birinchi galda homilador xotiniga qarab: «Mendan ke-yin 
turmushga chiqsang, bolani «detdom»ga berma, ota-onamga qoldir», demog‘i shubhasiz 
edi. Biroq, unga bunday imkon berilmadi, vasiyatsiz ketdi. Solievning o‘ylarida jon bor: 
vasiyatni aytib, so‘ng jon berish ham o‘ziga yarasha bir baxt — Tangrining buyuk 
marhamatlaridan biri... 
Zulmat qa’rida ekanida hayot va mamot, vasiyat to‘g‘risidagi o‘ylar uni bezovta 
qilmaydi. Zulmat pardasi teshilib, oydinlikning zaif nuri qorong‘ulik bilan olisha 
boshlaganida nimanidir sezdi, qandaydir tovushni eshitdi. Hatto nimalarnidir ko‘rganday 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling