Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
sezgan edi. Hozir gapirish ohangining ham tundagidan farq qila-yotganini fahmladi. 
Faqat bu o‘zgarish sababini bilolmadi. 
— Faraon, — dedi «Qassob», — qara, atrof yorishib qoldi. Lekin quyosh ko‘rinmayapti. 
Men quyoshsiz kunni yomon ko‘raman. — «Qassob» shunday deb picha sukut saqladi-
da, so‘ng ta’kid etdi: — Juda yomon ko‘raman. 
«Qassob» to‘g‘risini aytgan edi. U bolalik chog‘larida dengiz qirg‘og‘ida o‘tirib quyosh 
chiqishini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi. Onasining maishatiga xalal bermaslik uchun 
ko‘chaga chiqib ketganida u ko‘pincha qirg‘oqqa borardi. To‘lin oy nurining to‘lqinchalar 
bilan o‘yiniga uzoq-uzoq tikilardi. So‘ng esa quyoshni kutib olardi. To‘lqinchalar yuzini 
silagan oy nuri qanchalik maftunkor bo‘lmasin, ufqni titratib ko‘tarilgan quyoshning 
o‘zgacha latofati bor edi. Bolaning nazarida tabiat chiroyini ochib yuborgan quyosh unga 
yangi kunda shirin va’dalar berayotganday bo‘lardi. 
«Bugun otang qaytib keladi», der edi Quyosh. 
«Endi seni hecham tashlab ketmaydi», — deb ishontirardi Quyosh. 
«Onang endi begonalarni boshlab kelmaydi», — deb va’da qilardi Quyosh. 
«Endi tunlari ko‘chalarda sanqimaysan», — deb umid chirog‘ini yoqardi Quyosh. 
«Bugundan boshlab seni birov «shiltaning bolasi» deb kamsitmaydi», — deb himoyasiga 
olardi Quyosh. 
O‘zining ongida tug‘ilgan bu va’dalarga bola ishonardi. 
«Otam qaytib kelsa ham, tunlarda sanqimasam ham, baribir seni kutgani tongda 
kelaman», deb ham va’dalar berardi. 
Bulutli tonglarni esa yomon ko‘rardi. 
Onasi «Otang kimligini o‘zim ham aniq bilmayman», degan rost gapni shubhasizki, 
aytmas edi. Shu bois «otang bizni boqa olmay tashlab ketgan» degan yolg‘onga bola 
ishonardi. Quyoshni kutayotgan mahallarida pul topish, boyib ketish yo‘llarini izlardi. 
Bir kuni o‘rtog‘iga yuragini o‘rtayotgan orzularini aytdi: 
Pulni nima qilasan, mashina olasanmi? — deb so‘radi o‘rtog‘i. 
— Yo‘q, otamni topib, uni boqaman. 
— Nega? — deb hayron bo‘ldi o‘rtog‘i. 
— U bizni boqolmay tashlab ketgan ekan. Erkak kishining bunday qilishi — nomardlik. 
Nomardlik jazosiz qolmasligi kerak. Men uni boqib jazolayman. Har tishlam nonni 
tishlaganida meni tashlab ketganidan uyaladi, afsuslanadi. Afsuslanib, afsuslanib, yuragi 
siqilib qiynaladi. Qiynalib-qiynalib, oxiri o‘ladi... 
Norasidalik chegarasidan o‘tgan o‘smirning istagi shu edi. U faqatgina Xudoga ma’lum 
bo‘lgan onasini jazolashning turli usullarini mo‘ljallab qo‘ygan edi. Tasodif tufayli otasini 
topib, o‘ylab qo‘ygan jazolash usullaridan biri qo‘llanilgan taqdirda ham u bolani ayblash 
joiz bo‘larmikin? Har holda valadi zinodan yana nimalarni kutmoq mumkin? 
Uning murg‘ak qalbi, kirlanishga ulgurmagan ongi farzandini tashlab ketmoqlik 
nomardlik ekanini fahm etardi. Nomardlar qanday usulda bo‘lmasin jazo topmoqliklari 
shart, deb hisoblardi. O‘shanda o‘rtog‘iga jazoning oxiri nima bilan yakunlanishini 
aytmovdi. Uning rejasicha, otasi «afsuslanib-afsuslanib» o‘lgach, tobutga solib 
ko‘milmaydi. Balki, jasadi krematoriyga topshirilib, kuydiriladi. Uning kuli bir qutichaga 
solinadi, so‘ng muzeyga topshiriladi-da, tagiga «Nomard otaning kuli» deb yozib 
qo‘yiladi. Buni ko‘rgan erkaklar oqibatni o‘ylab qoladilar va far-zandlarini tashlab 
ketmaydilar. 
Bolalik tasavvuri shunday edi. Bolalarini tashlab ketuvchilarning hammasiga shunday 
jazo qo‘llanilsa, muzeylarda joy yetishmay qolishini u o‘ylab ko‘rmagandi. 
Bolalik orzulari o‘ttiz kunlik oy nuri kabi unga xiyonat qildi — zulmat qa’riga singib ketdi. 
Ammo... quyoshga bo‘lgan muhabbati so‘nmadi.


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling