Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
buyurdi «Qassob». 
«Obbo zang‘are, shuni ham bilib turgan ekan-da?» deb o‘ylab, yigitlarga ishora qildi. 
«Qassob»ning talabi bajarilgach, hojatxona sari yurdilar. Soliev eshikni ochib, ostona 
hatlayman, deganida «Qassob» uni to‘xtatib, orqasiga o‘girildi: 
— Sheriklaringni to‘sib olaman, qiynalib ketdi. Xalaqit bermalaring. Eshikni ochgan — 
o‘ladi! 
Ichkari kirishgach, «Qassob» kishanning kalitini so‘radi. Kalit shimning cho‘ntagida, 
Soliev kishanli qo‘li bilan ololmas edi. Shunda «Qassob» panjasidagi bombani Solievga 
tutdi: 
— Ushla, faraon, jon shirin bo‘lsa, mahkam ushla. 
Panjalariga bomba tegishi bilan Solievning yuragi «shuv» etib ketdi. Bosh barmog‘i bilan 
ehtiyot tugmasini bosgunicha tovonidan sochining uchiga qadar bir sovuqlik yugurib 
o‘tdi. 
«Qassob» esa xotirjam ravishda uning cho‘ntagiga qo‘l solib, kalitni oldi. O‘zining 
bilagidagi halqani yechib, Solievni suv quvuriga kishanlab qo‘ydi-da, eshikka xavotir 
bilan qarab-qarab olganicha sumkani ochdi. Undan yelim xaltacha olib, kaftiga kukun 
tashlagach Solievga «ana endi xumorbosdi qilaman» deganday qarab oldi. Keyin 
kukunni burniga tortdi. Ko‘zlarini yumib chuqur nafas oldi. Huzurli onlardan 
rohatlangach, bu kayfni quvvatlantirmoq maqsadida aroqni ko‘tardi. 
— Sen dunyoning mazasini bilmaysan, faraon. O‘lsam ham menga alam qilmaydi. 
Chunki men maza qilib yashadim. Men qamoqdan o‘limdan qo‘rqqanim uchun 
qochmadim. O‘limimni kutib yotishdan bezib qochdim. — Shunday degach, yana kukun 
hidladi. 
— Faraon, — dedi u huzurlanib ko‘zlarini yumgani holda. — Seni bir millionga olishmadi. 
Sening o‘limingga rozi ular. Lekin men rozi emasman. Kel, sen bilan shartnoma tuzaylik: 
men sening hayotingni saqlab qolaman. Sen esa mening o‘ligimni krematoriyga 
yoqtirmaysan. Odam qatorida tobutga solib ko‘mdirasan. Go‘rimning tepasiga bitta but 
ham qo‘ydirasan. 
— Xudoga ishonmaysan-ku? 
— Ishonmasligim to‘g‘ri. Lekin... kim biladi, balki bordir? Sen ehtiyotdan but qo‘yaver. 
Balki foydasi tegib qolar. Kelishdikmi? 
— Kelishdik. 
— Senga ishonchim bo‘lmasa ham ishonyapman. Boshqa ilojim yo‘q. Faraon, umringda 
bittagina o‘g‘il bolalik qil: va’dangni bajar, xo‘pmi? 
«Qassob» shundan so‘ng gapirmadi. Soliev ham uni kuzatib jimgina o‘tiraverdi. Aroqning 
so‘nggi qultumi bu dunyodagi huzurli rohatning so‘nggi nafasi yakunlanganiga dalolat 
bo‘ldi. «Qassob» shishaning bo‘g‘zidan ikki barmog‘i bilan ushlaganicha baland ko‘tardi-
da, uning ichidan bir nima izlagandek tikilib turdi. So‘ng bexos tashlab yubordi. Shisha 
chil-chil sindi. «Qassob» chap kaftida qolgan kukunni shisha siniqlari ustiga sochdi-da, 
Solievga yaqinlashib, panjasidan bombani oldi, ammo ehtiyot tugmasini bosmadi. 
— Faraon, bo‘ldi, o‘zingni qiynama. Bu bomba port-lamaydi. Senlarni laqillatib xumordan 
chiqdim. Menga shu yetadi, — «Qassob» shunday deb bombani tuvakka tashladi. 
«Qassob» portlamaydi, degani bilan Soliev kuchli portlashni kutdi. Ana shunda yuragi 
yana bir qalqidi. «Qassob» esa yon cho‘ntagidan ikki to‘pponchani oldi-da, o‘qdonni 
tekshirib, Solievga qaramagan, «xayr» ham demagan holda eshikka yaqinlashdi-yu, uni 
zarb bilan tepib ochib tashqariga otildi. 
— Qani, otlaring endi! — degancha hayqirib to‘pponchalarning tepkilarini bosdi. 
Soliev jonholatda: 
— Otmanglar! — deb baqirdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling