Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 Hozir kasalxona hovlisidagi ayvon ustuniga suyanib turgan Zohid shularni esladi. Eslay turib «birovlarni infarkt qiluvchi odamlarning o‘zlari ham infarkt bo‘larmikinlar? Ular qanday holda jon berarkinlar?» deb o‘yladi. 4 Ilyosov joyiga o‘tirgach, peshonasini tirishtirganicha Zohidga qaradi. Zohid bu qarashdan «Uka, bemavrid kelibsan, boshimni qotirma», degan ma’noni o‘qib, xona sohibining so‘z boshlashini kutdi. Ilyosov esa erinchoqlik bilan stol tortmasini ochdi-da, sigaret olib, labiga qistirdi. — Nima bo‘lganini eshitgandirsiz? — U shunday deb so‘rab, javob kutmay sigaret tutatdi. —Kasalliklarini bildim. — Xudo bir asrabdi oshnamni. Undan ko‘ra yelkasidanmi yo sonidanmi yaralangani ming marta yaxshi edi. Infarktning ishi qiyin, uka. Endi uni bu idorada boshqa ko‘rmaysan, majruhlikka chiqarib yuborishadi. Mana shunisi infarktning o‘zidan ham yomonroq. Umr bo‘yi ko‘chada yurgan odamning «qachon infarkt bo‘larkinman, ikkinchisida o‘larmikinman yo uchinchisidami?» deb uyda Azroil kelishini kutib o‘tirishi osonmi? Meni qancha kutdingiz? — Yarim soatcha. — Odam odamni yarim soatmi yo besh soatmi kutsa betoqatlanadi. Har daqiqa, har soatda o‘limni kutsa-chi? Buni hech o‘ylaganmisiz? Siz hali yoshsiz, xayolingiz boshqa yoqda. Men ham kam o‘ylayman buni. Lekin oshnam endi tinmay shuni o‘ylayveradi. O‘ylay-o‘ylay o‘zini yeb ado qiladi. Infarkt nima, bilasizmi? Bu kasallik emas, aslida Azroilning tashrif qog‘o-zi. Kutilganga nisbatan kutilmagan mehmon ancha durust. Ilyosov hayot va mamotga doir falsafasini aytib bo‘lgunicha Zohid toqat bilan o‘tirdi. Ortiqcha gap qo‘shmadi. Yaqin odami boshiga kulfat yog‘ilsa yoki xastalikka chalinsa kishi «bu mening taqdirimda ham bordir» deb xavotirlanadi. O‘zini gumonidagi kulfatni qarshilashga ruhan tayyorlaydi. Hozir Ilyosov hamkasbining taqdiridan kuyib gapirayotgan bo‘lsa-da, ko‘nglining bir chetida «kaminaning yozug‘i ham shu» degan haqiqat g‘imirlardi. O‘zining ham qachondir infarkt bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikr kechmish va kelajakka oid falsafalarini to‘kib solishga undardi. Zohid hamsuhbati ruhiy holatidagi tug‘yonni sezgani uchun ham xalal bermay tek o‘tirdi. Azaga kelgan xotin rostdanmi yo yolg‘ondanmi harchand yig‘lamasin, oqibat o‘zining tashvishlariga ko‘chadi. Ilyosov gapira-gapira bir oz yengil tortganday bo‘lib, «bu yigit mening hasratimni eshitgani kelmagandir», degan xijolatda izoh berdi: — Maqsud akangiz sizga ustoz bo‘lganlari uchun aytyapman bu gaplarni. Ilyosov bir necha nafas sukut saqlagach, falsafa olamidan haqiqat dunyosiga ko‘chdi: — Shokarimovning ishini sizga berishibdi, eshitdim. Mendan biron narsani so‘ramoqchimisiz? — Ha, — Zohid shunday deb o‘rnida bir qimirlab oldi. — Qog‘ozga tushmagan gaplar bo‘lsa... — Qog‘ozga tushmagan gaplarmi? — Ilyosov Zohidga tikilib qoldi. — Qog‘ozga tushmay qolgan gaplarning asosiysini Shokarimov o‘zi bilan go‘rga olib ketgan. Uncha-buncha qolgan gaplar o‘ynashi bilan haydovchisining tilida turibdi. Bilmadim, haqiqatni tillariga qo‘shib sug‘urib olish kerakmi? Har holda men ulardan kerakli ma’lumot ololmadim. Balki sizga yorilib qolishar? Siz qidiradigan sir shu ikkalasining orasida. Uzoqqa borib yurmang, uka. — O‘limga boshqa sabab ham bo‘lishi mumkinmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling