Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
yiqilsin, peshonasi g‘urra bo‘lsin, burni qonasin, shunda ko‘zi ochiladi, mening qadrimga 
yetadi», deb umid qiladi. Quruq umid bilan kifoyalansa koshki, ba’zan kishi bilmas 
tarzda qoqilishiga yordam berib qo‘yadi. Zohid bunday kimsalarni ilm olamida ham 
ko‘rdi, bunda ham uchratib, ko‘zi pishdi. Xayriyatki, tunning muqobilida kun bo‘lgani 
kabi, yomonning payini qirquvchi yaxshi ham bor. Soliev shu toifadan bo‘lgani uchun 
Zohid uni behad hurmat qilardi. Zohid «Ilyosov Solievning aksi», degan fikrdan uzoq. U 
haqda yomon gap eshitmagan. Ajablanarlisi shuki, yaxshi gap ham, aytaylik, 
«falonchiga yordam beribdi, qo‘llabdi, yonini olibdi», deganga o‘xshash olqish ham 
qulog‘iga chalinmagan. 
Birovga yaxshilik ham, yomonlik ham qilmaydigan odamdan ehtiyot bo‘lish kerakmi yo 
faqatgina ablahlikni kasb qilib olgandan qo‘rqish zarurmi — Zohid bu masalani ham 
o‘zicha hal qilib olgan: u uchun keyingi toifa xatarli emas, chunki bunday odamlarning 
hujumiga ertayu kech shay turasan. Ilimiliq (Zohid birinchi toifani shunday ataydi) 
odamlar oftobda qolgan suvga o‘xshaydi. Chanqab kelasanu icholmaysan, ichsang 
ko‘ngling ag‘dariladi. 
Ilyosov ayrim ishlarni Soliev bilan birga bajarardi. Uning tajribali, mulohazali ekani 
Zohidga shundan ma’lum. Ilimiliq ekanini yaxshi bilmas ekan, bugungi muomalasidan 
bunga amin bo‘ldi. Zohid lozim bo‘lib qolganda Ilyosovni bu ishga jalb qilishi mumkin 
edi. Xonadan chiqa turib «bu ilimiliqsiz ham kunim o‘tar», deb qo‘ydi. 
5 
Mirkarimovning uyida motamsarolik soyasi yo‘q edi. Ko‘k kiygan ayolni, g‘amnok 
bolalarni uchratarman, deb o‘ylagan Zohid yanglishdi. Keyin «Bu uydan o‘lik chiqqaniga 
ancha bo‘ldi shu paytgacha oh-voh qilib o‘tirisharmidi», degan fikrga keldi. 
Ba’zilar pul topadilaru aql topmaydilar. Yo dan-g‘illama uy soladilar. Yoki dovrug‘i yetti 
iqlimga ketadigan to‘y qiladilar, yo har yili bir marta, ishtahalari kelib qolsa, ikki marta 
mashinalarini yangilaydilar, shu zaylda qarmoqqa ilinganlarini o‘zlari ham sezmay 
qoladilar: «Sotsialistik mulkni talon-taroj qilish»da ayblanib bor budlaridan ayriladilar. 
Zohid darvoza oldida turganicha atrofni kuzatib «Mirkarimov bu toifadan bo‘lmagan 
ekan», degan to‘xtamga keldi. Dabdabali to‘y qilganmi-yo‘qmi — hozircha bilmaydi. 
Bilgani — Mirkarimovning nomida mashina ham, uy ham yo‘q. Uy qaynonasining 
nomida, sutrang «09» xotinining nomida. Mirkarimovning aqliga besh ketish kerakki
faqat xotinigina o‘zining nomida. Qo‘lga tushguday bo‘lib sud «mol-mulki davlat hisobiga 
musodara qilinsin», degan hukm chiqarganda ma’lum bo‘ladiki, bu «bechora»da mol-
mulkning o‘zi yo‘q. Agar jinoyat kodeksida «Xotini ham musodara qilinsin», degan 
modda bo‘lsami, bu zotlar xotinni ham boshqa birovning nomiga rasmiylashtirib 
qo‘yisharmidi, vallohi a’lam? 
Bu dunyoning qonunlarini shu tariqa chetlab o‘tish mumkin. U dunyodagi so‘roqlardan 
qay tarzda bo‘yin tovlanar ekan? U dunyoda xotinning nomidagi mashina qay tarzda 
xarid qilingani xususida ham hisob berilarmikin? 
Shahar chekkasidagi qishloqda chiroyli peshtoqli, ko‘krak kerib turgan oq tunukali uylar 
ko‘zga deyarli tashlanmaydi. Aksincha, sinchi yoki paxsasi ko‘tarilib, u yog‘iga qo‘l 
kaltaligi tufayli tashlab qo‘yilgan uylar ko‘proq. Mirkarimovning uyi boshqalardan farqli 
o‘laroq, ko‘cha yuziga emas, bog‘ ichkarisiga qurilgan. Uyning dabdabasini bog‘dagi 
daraxtlar yomon ko‘zlardan himoya qilib turadi. 
Zohid to‘rt paxsa balandligidagi devor bilan o‘ralgan bog‘ darvozasi oldida chalingan 
qo‘ng‘irog‘iga javob kutib ancha turdi. Betoqatlansa-da, tirqishdan mo‘ralashdan o‘zini 
tiydi. To‘rtinchi qo‘ng‘iroqdan so‘ng darvoza ortida ayolning «Kim?» degan ovozi 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling