Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
Lekin uning ovozini hech kim eshitmadi. Pala-partish otishma bir necha soniyada tindi. 
Soliev shularnigina eslaydi.
Yo‘q, bo‘shashib, nafasi qayta boshlaganida yigitlar kirishdi... 
Demak, o‘zi chidasa ham yuragi dosh berolmabdi-da... 
Soliev bir oz o‘ziga kelgach, «Qassob»ga bergan va’dasini esladi. Esladi-yu, nochor ekani 
ham ma’lum bo‘ldi: u behush yotgan kunlarda «Qassob»ning egasiz jasadi kuydirilgan 
edi... 
3 
Yer osti yo‘lagiga olib tushuvchi zinapoyada mayor Ilyosovni ko‘rgan Zohid unga 
yaqinlashgan onda bekat hojatxonasidagi «Qassob» chap kaftidagi kukunni shisha 
siniqlari ustiga sochgan edi. Zohid Ilyosovdan «Nima gap?» deb so‘rashga ham 
ulgurmay, ichkarida otishma boshlandi. Bir daqiqa atrofida davom etgan pala-partish 
otishma tingandan so‘ng ham o‘rab turgan soq-chilar halqasi tarqalmadi. Zohid-ku, 
endigina keldi, ta’bir joiz bo‘lsa, u «chaqirilmagan mehmon». Ammo tuni bilan mijja 
qoqmay, soqchilikda turgan Ilyosov ham ichkariga qo‘yilmadi. Aslida Zohidning ichkarida 
qiladigan ishi ham yo‘q, ustozi Maqsud Solievning taqdiri ham u uchun noma’lum edi. 
Atrofda yurgan odamlardan farqsiz o‘laroq, unga ham ichkarida nima voqea yuz 
berganini bilishgina qiziq edi. Solievning tuni bilan garovda ushlab turilganidan xabardor 
bo‘lgan Ilyosov esa birodari taqdiridan xavotirlangani tufayli ichkariga intilgan edi. 
Otishma tingach, sal chetroqda shay turgan «Tez yordam» mashinalari bekatning 
oynavand eshiklari qarshisiga kelib to‘xtashdi. Zambil ko‘tarib shoshib yurilganidan 
icharida hamma masala hal etilgani ayon bo‘ldi. Avval boshdan oyoqqacha choyshab 
tortilgan odamni olib chiqishdi. «Kimdir o‘libdi... Kimning jasadi bu?»... degan savol 
nazari bilan Zohid bilan Ilyosov bir-birlariga qarab oldilar. Savolga ikkovlarida ham javob 
yo‘q edi. Bekatni o‘rab turgan soqchilar halqasi zaiflashib, chekindi. Ular bekat eshigiga 
ancha yaqinlashishganda yana bir zambil ko‘tarib chiqildi. Zohid «Tez yordam» 
mashinasidan o‘n besh qadamcha narida turgan bo‘lsa-da, ko‘zlari yumuq, ranglari 
oqargan Solievni tanib, yuragi «shuv» etib ketdi. «Yaralanganlarmi, yo... Ilyosovga 
qaragan Zohid uning ko‘zlaridan ham ayni savolni uqdi. Ularning qarashidagi savol ham 
bir, javob ham bir edi: yaralangan! Xayollaridagi javobning xatoligini ular keyinroq 
biladilar.
O‘sha kuni Ilyosovdan «Ish»ga aloqador gaplarni so‘rashning mavridi emasdi. Odamlar 
tarqay boshla-gach, Zohid ham ishiga qaytdi-da, Shokarimov o‘limiga doir ma’lumotlarni 
qaytadan sinchiklab o‘qiy boshladi. Marhumning shaxsiga taalluqli satrlarga kelganda 
nigohi bir nuqtada qotdi. «Kecha nima uchun e’tibor bermadim? Bu tasodifmi?..» degan 
xayolda Shokarimov ishlagan joylarning nomlarini qayta o‘qidi. Beton zavodiga o‘tguniga 
qadar taksoparkka direktor bo‘lgani sirli qulfni ocha oluvchi kalit bo‘lib ko‘rindi. Zohid 
yon daftarchasiga taksopark raqamini yozib, tagiga uch-to‘rt chiziq tortdi-da, undov va 
so‘roq belgilarini qo‘ydi. Bu taksopark Zohidga yaxshi tanish edi. Shilimshiq o‘z o‘limini 
topguniga qadar aynan shu saroyning yangi «Volga»sini minib yurgan. Aynan shu 
Shokarimov va uning qanotidagilar taksoparkdan mashina «o‘g‘irlanganini» to Shilimshiq 
o‘ldirilguniga qadar «bilmay» yurishgan. Ustiga ustak, Kesakpolvonning topshirig‘ini 
bajarib, o‘likxonadan murda olib borib bergan Sayfi Turdiev ham aynan shu yerda 
ishlardi.
Zohid yon daftarchasidagi yozuvga tikilganicha o‘ylanib qoldi. Nazarida hozirgina yozib
ostiga chizilgan raqam oddiy belgi emas, balki sirlar sandig‘ining sirli ochqichi edi. Zohid 
barmoqlarini yoyib, sochlarini yuqoriga qarab qayta-qayta taradi. So‘ng peshonasidagi 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling