Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 — Qaerdaman? Bu safar ham ovozi chiqmadi, faqat lablari asta qimirladi. Hamshira lablarning qimirlashidan savolning mazmunini uqqanday, o‘sha soxta jilmayishini kanda qilmagan holda mayin kaftini uning peshonasiga qo‘yib: — Xavotirlanmang, krizis o‘tdi, — dedi. Keyin dalda beruvchi ohangda qo‘shib qo‘ydi: — balki erta-indin reanimatsiyadan umumiy xonaga olishar... «Krizis...», «Reanimatsiya...» «Zulmat — krizismidi? Menga nima bo‘ldi o‘zi? — deb o‘yladi Soliev — Bomba portlamagan edi. Yigitlar kirishgandi. Balki o‘shandan keyin portlagandir? Yonimdagi yaralanganlardan bittasimi? Boshqalari qani?» Tili gapga aylanib, bularni so‘raganida ham hamshira javob qaytara olmas edi. Hamshira yon tomondagi bemorning holidan xabar olgach, chiqib ketdi. Hamshira kirgach, qaysi bir burchakka biqinib olgan sukunat u chiqib, eshik yopilishi bilan yana xonaga o‘z hukmini o‘tkaza boshladi. Solievning baxtiga bu safar quloqlari shang‘illamadi. Ahyon- ahyonda dahliz tomondan soatning chiqillashini eslatuvchi uzuq-uzuq, ojiz-ojiz tovush sukunat hukmiga zarba berib turdi. Xayollari asta-sekin tiniqlasha boshlagan Soliev zulmat dunyosiga kirish arafasidagi voqealarni esladi. 2 Soliev jinoyatchilarning izlaridan tushgan paytlarida ko‘p tunlarni bedor o‘tkazgan, biroq, «Tun» deb atalmish vaqt birligining bu qadar uzun, bu qadar og‘ir-vazmin bo‘lishini sezmagan ekan. «Qassob» ham, Soliev ham, atrofda sergak turgan yigitlar ham «Tezroq tong ota qolsaydi» deb kutishardi. Go‘yo bu mashmashaga tun aybdoru, otajak tong barcha balolarni daf etadiganday edi. O‘lim yoki hayot daragini bermog‘i lozim bo‘lgan tong ham otdi. «Qassob» chala bo‘g‘izlab qo‘yilgan ho‘kiz tovushida baqirib, yana talablarini takrorladi. Bu tomon va’dani yana quyuq qildi. Talab va va’dalar qachonga qadar davom etajagini, qanday yakun topajagini hech kim bilmasdi. Hamma qandaydir bir mavhum tasodifga umid qilardi. Soliev va’da berayotganlardan ham, atrofda kuzatib turganlardan ham ranjimas edi. Chunki bu muammoning yechimini o‘zi ham bilmasdi. Bilganda-ku, «shunday-shunday qilinsa — olam guliston» deb g‘azablansa ham arzirdi. Yurakni eslatuvchi mushtdekkina temir necha soatdan beri necha-necha yuraklarni behalovat tepishga majbur qilardi. Portlamay qolsa-ku, barcha masala bir nafasda hal bo‘ladi-qoladi. Tongga yaqin holdan toygan Soliev bombaning portlab ketishini ham istadi. U tomon hech qachon talabni bajarmaydi. «Qassob» esa o‘zicha insofga kelmaydi. Shunday ekan, nimadan umid qilmoq mumkin? — Ha, faraon, charchadingmi? — dedi «Qassob» uning holini anglaganday. — Charchashimning birovga foyda-ziyoni yo‘q. O‘zing charchaganga o‘xshaysan. Barmoqlaring titrayapti. Qo‘yib yubora qol o‘sha zormandani. — Charchabsan, faraon. O‘limni bo‘yningga oldingmi, demak, tamom bo‘libsan. Ishtoning quruqmi ishqilib? Har holda ho‘l ishtonda o‘lsang sheriklaringga kulgi bo‘lasan. Men senga bir yaxshilik qilay: ishtoning qurigunicha kutaman. Ikki soat oldin o‘lamanmi yo keyinmi, menga baribir. Sen, — «Qassob» istehzo bilan tirjaydi. — «mardlarcha halok bo‘lsang» bitta medalga ilinib qolasan. Soliev indamadi. U «Qassob» baqirayotgan paytda talablaridagi qat’iylikning susayganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling