Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
ham bo‘ldi. Ammo sezgani, eshitgani, ko‘rgani nima ekanini idrok eta olmadi. 
Quloqlariga kirayotgan tovushlar notanish, dimog‘iga urilayotgan hid ham begona edi. 
Keyin... 
Ha, keyin «Qassob»ni ko‘rdi. Hamma yog‘i qonga belangan «Qassob» avvaliga daf qilish 
maqsadidami, u tomon bostirib keldi. 
Soliev yotgan yerida qimirlay ham olmadi. 
— Qornim ochdi, — dedi «Qassob». — «Chuchvara yegim kelyapti. Lekin sening 
go‘shting chuchvaraga yaramaydi. Erkak go‘shtini yeyish — mening printsipimga to‘g‘ri 
kelmaydi...» 
Temir yo‘l bekatida changalida bomba ushlab turganida ham shunday degan edi. Bu 
gapni eshitib Soliev «Shu taviyaning ham printsipi bor-a...» deb o‘ylab g‘ashi kelgan edi. 
Hozir ham shunday o‘yladi. Bir narsa demoqchi edi, tili aylanmadi. G‘udrandi. 
— Hali ham o‘lganing yo‘qmi? — «Qassob» shunday deb engashgan edi, Solievning 
ko‘kragiga qon tomdi. Tomchi qon qaynoq suv kabi etini kuydirib, azob bera boshladi. 
Kutilmaganda «Qassob» tisarildi. Kutilmaganda Soliev quvvatga kirib, qaddini rostladi. 
Buni ko‘rgan «Qassob» qocha boshladi. Soliev quvmoqchi bo‘ldi: negadir qush kabi 
yengil uchdi. 
— To‘xta, qochma, nega qochyapsan? — deb baqirdi. 
Quvlama meni, baribir yeta olmaysan. 
— To‘xta, gapim bor senda. 
— Gaplaringga bir kecha kamlik qildimi? Sen bilan bir tun birga bo‘ldim. Endi 
o‘lguningcha meni eslab yurasan. O‘lguningcha meni quvlaysan. Quvlash joningga tegib 
ham ketdi. 
Shunday deb «Qassob» ham ucha boshladi. Oxiri ko‘rinmay ketdi. Yo‘lda qonli izlar 
qoldi. 
Shundan so‘ng ko‘zlarini ochdi. 
Qaerda ekanligini bilmadi. Ko‘rgani — oppoq shift unga qaerda ekanini anglatmadi. 
«Qassob»ni quva-quva yetib kelganim shu yermi, degan o‘yda bir necha fursat ko‘zlari 
baqrayganicha qotdi. Notanish tovushlar ham tindi. Sukunat jarangidan quloqlari 
shang‘illadi. Ko‘p qatori u ham «Sukunat — jimlik demakdir» deb hisoblar edi. Ammo 
hozirgi ahvolida sukunatdan quloqlari qomatga keldi. Sukunat shovqinini daf etmoq 
uchun quloqlarini kaftlari bilan berkitmoqchi bo‘ldi, biroq qo‘llari uning hukmiga 
bo‘ysunmadi. Bilaklari og‘ir toshga bog‘lab qo‘yilganday ko‘tarilmadi. Shunda qotib 
qolgan nigohi harakatga keldi. Unga xiyonat qilmagan joni avvaliga kipriklarini o‘ynab 
pirpiratdi. So‘ng shiftga qadalgan nigoh asta pastladi. Dastlab ko‘rga-ni — to‘ntarib 
qo‘yilgan dori shisha idish po‘kagiga ulangan shaffof ichak bo‘ldi. Shisha idish ichidagi 
yarimlab qolgan za’faron suyuqlik qaynashni boshla-yotganday dam-badam pufakcha 
chiqarib qo‘yadi. Mayor Soliev ana shu pufakchalarni sanayotganday tikilib yotdi. 
«Kasalxonadamanmi?» 
Savoliga za’faron suyuqlik oqib o‘tayotgan shaffof ichak javob beradiganday nigohini 
yuqoridan pastga tomon tushirdi. Biroq, ko‘zlari ichakning qaerga qadalganini 
ko‘rolmadi. Shundan so‘ng boshini asta yon tomon burib, qo‘shni karavotda yotgan 
odamni ko‘rdi. Harakatsiz yotgan odamning tirikmi yo o‘lik ekanini bilmadi. Uning tepa 
tomonidagi to‘ntarilgan shisha idishda pufakchalarni ko‘rgach, qo‘shnisi hali hayot 
ekanini angladi. «Kim bu? — deb o‘yladi u. — «Qassob»mi? Shuncha otishmadan so‘ng 
ham tirik qoldimi?» Xonadagi yorug‘lik yetarli emasmidi yoki Solievning ko‘zlari 
xiralashganmidi, har holda tikilgani bilan yon tomonda yotgan odamni taniy olmadi. 
Bu orada eshik ochilib, hamshira kirdi. Solievda hayot nishonasini ko‘rib, unga 
yaqinlashdi-da, hech bir so‘z aytmay, o‘zini zo‘rlagan holda jilmaydi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling