Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
— Tinchlikmi? — deb so‘radi. 
Tinchlik, — dedi Asadbek unga tikilib, — ko‘ngil so‘rab qo‘ydi. Mehr-oqibati yaxshi shu 
yigitning. 
— Har nima qilsa ham musulmonligi bor-da, — dedi Kesakpolvon. 
«Ha tulki, shu «musulmon»ga qul bo‘lmoqchimisan? Agar shu Xongirey musulmon 
bo‘lsa, men bo‘lmadim. Shunaqa musulmondan yana o‘nta bo‘lsa bu dunyoda kofirning 
hojati yo‘q». Asadbek bu fikrini oshkor qilmaslik uchun o‘zini majburlab jilmaydi-da: 
— To‘g‘ri aytding. Kozlov deb uning ko‘nglini xira qilganimiz chakki bo‘ldi, — dedi. 
Yarim soatga qolmay Halimjon yelim chelakni to‘ldirib uzum olib kelgach, 
Kesakpolvonning gumoni tar-qadi. Halimjon xizmat qilib yurgan yigitlar davrasiga 
qo‘shilganda Asadbek uni yana imlab chaqirdi. Halimjon qulog‘iga aytilgan gapga ma’qul 
ishorasini qildi-da, ko‘cha tomonda turgan Kesakpolvonga yaqinlashib «Zaynabni olib 
kelaman», dedi. 
Kesakpolvon «Men ham qizimni olib kelsam bo‘larkan», deb o‘ylab, yigitlardan birini 
imlab chaqirdi. 
Xalimjon Zaynabni olib kelgach, darrov iziga qayt-di. Fotihachilar bilan ovora 
Kesakpolvon uning g‘o-yib bo‘lganini bilmay ham qoldi. Halimjon bu safar hojasidan 
olgan asosiy topshiriqni bajarish uchun ketdi. Asadbek bu topshiriqni ertalab yo‘lda 
kelayotganida aytib qo‘ygan edi. Shunga muvofiq Halimjonni o‘sha ondayoq jo‘natsa 
bo‘lardi. Lekin u yigitni ikki marta chaqirib, qulog‘iga shivirlaganda ko‘zi Kesakpolvonda 
bo‘ldi. A’yonining sarosimaga tushish yoki tushmasligini tekshirmoqchi edi, kutgani 
amalga oshdi. 
Halimjon Chuvrindining joni uzilgan yerga borib, o‘sha yerdagi xonadonlarda 
yashovchilar bilan uchrashib, o‘zini «militsiya xodimi» deb tanishtirgach,
«KamAZ»dan tushib qochgan odamning qiyofasini surishtirdi. Odamlar uchun «men 
militsiyadanman» degan gapning o‘zi kifoya qildi. Birontasi hujjat so‘ramadi. Ayni damda 
tayinli gap ham aytmadi. Barchalari yarim tundagi fojiadan uyg‘onganlarini, ko‘chaga 
chiqqanlarida «KamAZ»da hech kimni ko‘rmaganliklarini aytishdi. Faqat birgina kampir 
«KamAZ»dan tushayotgan past bo‘yli odam qorasini ko‘rganini bildirdi. Halimjon bu 
ma’lumotni eshitishi bilan tezgina iziga qaytdi-da, fursat topib turib Asadbekka bildirdi. 
Bu xabardan Asadbekning ko‘zlari yondi: 
Xumkallani top, nega ko‘rinmayapti? — dedi. 
Halimjon yana bir soatcha g‘oyib bo‘lib, Xumkallaning uyida tunamagani haqidagi 
noxush xabarni yetkazdi. Bu yangilikni eshitgan Asadbekning ko‘kragida bir nima 
portlaganday bo‘lib, bu portlash kuchidan hosil bo‘lgan to‘lqin bo‘g‘ziga qadar bostirib 
keldi. Atrofida hech kim bo‘lmaganida «meni go‘l qilib ketishdi, an-qayib qoldim-a», 
degan afsus bilan peshonasiga bir shapatilagan bo‘lardi. O‘ziga necha juft ko‘z tikilib 
turgani uchun tashvishli emas, xush yoquvchi xabarni eshitganday o‘zini majburlab 
jilmaydi. 
Peshinda qo‘shnilar pishirib chiqargan oshdan bir-ikki qoshiq yegan bo‘lib, ketishga 
chog‘langanida Jamshidning mashinasi ko‘rindi. Ikki uy narida to‘xtagan mashinadan 
Jamshid tushdi-yu, yurarini ham, yurmasini ham bilmay to‘xtab qoldi. Fojeani yo‘lda 
eshitib, ishonib-ishonmay kelayotgan Jamshid bu ko‘chaga burildi-yu, darvoza yonidagi 
odamlarni ko‘rib yuragi uvishdi. 
Bir necha oy muqaddam shu darvozadan kuyib ko‘mirga aylangan mayitni olib 
chiqishgan edi. Tutingan ukasiga «aza ochgan» Chuvrindi shu darvoza og‘zida uch kun 
bel bog‘lab turgan edi. Buni Jamshid bilmaydi. Bilgani — Mahmud akasining o‘rnida hozir 
Umid bel bog‘lab turibdi. Kecha bu yerdan ko‘tarib chiqishgani ham birovning kuygan 
murdasi emas, aynan Mahmud akasining jasadi... Yurishga majoli qolmagan Jamshid 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling