Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 ko‘chaga chiqib kelayotgan Asadbekni ko‘rgach tamom joyida qotdi. Jamshidga ko‘zi tushgan Asadbek ham to‘xtadi-da, Kesakpolvondan: — Buning qaerda edi, nega ko‘rinmadi? — deb so‘radi. — Hayronman, — dedi Kesakpolvon yelka qisib, so‘ng Jamshid tomon tez-tez yurdi-da, unga yaqinlashib, baland ovozda: — Qaerlarda sanqib yuribsan, marjaboz?! — deb so‘radi. Jamshid unga «qaerdaligimni o‘zingiz bilasiz-ku?» degan ma’noda ajablanib qaraganida Kesakpolvon pastroq ovozda «Seni men emas, Mahmud akang yuborgan», deb shipshidi. Kesakpolvon orqa o‘girib turgani uchun Asadbek uning keyingi gapini eshitmadi. Lekin Kesakpolvonning birdan u tomon yurib qolganidan ajablandi. Bunaqa paytda bitta imlab qo‘yilsa kifoya edi, Jamshid yugurib kelardi... Kesakpolvonga ergashib yurib kelgan Jamshid Asadbekdan bir qadam berida to‘xtab, salom bergach, «Bandalik...» deb ta’ziya bildirdi. — Qaysi go‘rlarda yuribsan? — dedi Kesakpolvon jerkib. — Termizga borib keldim, — dedi Jamshid yerga boqqanicha. Savolga alik olmagan Asadbek bu gapdan keyin unga ajablanib qaradi-yu, indamadi. Kesakpolvon «Ahmoq, Termizni aytib qovun tushirdi-ku», deb ichida so‘kinib qo‘ygach, so‘roqni davom ettirdi: — Termizda nima bor ekan senga? — Mehmonlarni olib borib keldim. — Qanaqa mehmon? Jamshid yerga qaradi, savolga javob bermadi. — Sendan so‘rayapman, serraymay javob ber: qanaqa mehmon? — Mahmud akamning... mehmonlari. Ularni tanimayman. — Nimaga borishibdi? — Bilmayman. Bitta uyga kirib chiqishdi. Men mashinada o‘tiruvdim. Asadbek undagi sarosimani sezsa ham, parvo qilmaganday bo‘lib mashinasi tomon yurdi. «Mahmudning qanaqa mehmoni bor ekan, Termizga nimaga boradi?» degan savolga har qancha urinmasin, javob topa olmadi. Javobni kechqurun Jamshidning o‘zi olib keldi. Asadbek telefonda Manzura bilan gaplashib, uning qaytish haqidagi qaroridan g‘ashlanib o‘tirganida boloxonadagi yigitlardan biri Jamshidning kirishga izn so‘rayotganini ma’lum qildi. Jamshid qaytganidan beri «mendan nari yursin», degan hukmga itoat etib, suyukli hojasiga yaqinlashmayotgan edi. Shu bois ham bemalol ostona hatlab kira oladigan xonadoni eshigi oldida to‘xtab, ruxsat so‘radi. Asadbekka uning bu odobi ma’qul kelib, «kirsin», dedi. Hovliga tasodifan chiqqan Zaynab darvozaxonadan kirib kelayotgan Jamshidni ko‘rdi-yu, vujudi titrab ketdi. Biroq, oniy sarosimani yengishga o‘zida kuch topib, tez-tez yurganicha oshxonaga kirdi. Yaxshiki shu damda Asadbek deraza osha hovliga qaramadi. Bu holni ko‘rganida yana eski yarasiga tuz bosilib, Jamshid bilan muomalasi boshqacha bo‘lishi aniq edi. Jamshid xonaga bir qadam qo‘yib, salom berdi-yu, to‘xtadi. — Kir, kiraver, o‘tir, — dedi Asadbek, unga ro‘parasidan joy ko‘rsatib. Bu xonadonga o‘g‘il, eng kamida uka maqomida bo‘lgan Jamshid endi xuddi begonaday kirib, begonaday omonat o‘tirdi. — Termizga nima uchun borganingni aytgani keldingmi? — dedi Asadbek zaharli ohangda. — Ha, — deb javob berdi Jamshid unga tik qaray olmay. — Sizga yolg‘on gapiruvdim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling