“Chimyon” sanatoriyasi- Pomir-Oloy tog`larining bir qismi bo`lgan
Qatron tog` etaklarida Farg`ona viloyat Farg`ona tuman Chimyon qishlog`ida
joylashgan sanatoriyning davolash usuli, asosan, oltingugurt-vodorodli ma`danli
suv bilan vanna qabul qilishdir. Chimyon tabiiy suvining har bir litrida 330 mg
oltingugurtvodorod mavjud bo`lib, u inson tanasidagi yurak va qon tomir tizimi,
harakat va tayanch a`zolari, asab tizimi, oshqozon-ichak tizimi va boshqa
kasalliklarni davolaydi. Bunday noyob suv faqat Sochi sanatoriylarida uchraydi,
xolos. Bu erda bir o`rinli bir xona narxi 722 775 so`mni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |