"Sitorai Moxi Xosa" sanatoriyasi– iqlimiy va balneologik kurort, Zarafshon
daryosi vodiysida, dengiz sathidan 500 metr balandlikda joylashgan, Buxoroning
shimolida, o`tgan asrda qurilgan Buxoro amirining yozgi saroyi hududida
joylashgan.
Sanatoriyaning tabiiy davo omillari – iqlimi va termal sulfat –xloridli natriyli
mineral suv buyrak, asab tizimi, harakat-tayanch va oshqozon organlari uchun
davo. Sanatoriyda davolanish narxi 845 710 so`mni tashkil qiladi.
“Turon” sanatoriyasi- Toshkent shahrida joylashgan yurak-qon-tomir a`zolari,
asab tizimi, andrologik va ginekologik kasalliklari bo`lgan bemorlarni davolashga
va sog`lomlashtirishga ixtisoslashtirilgan maskan. Miokard infarkti bo`lib o`tgan
bemorlar
uchun
salomatlikni
tiklash
bo`limi
ishlab
turipti.
Davolash omillariga: iqlim bilan davolash, kam minerallashgan xlorid-
gidrokarbonat-sulfat-natriyli va radionli ma`danli vannalar, balchiq bilan davolash
kiradi. Bu erda davolanish narxi 981 985 so`mni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |