"Umid Gulshani" sanatoriyasi- Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan
bo`lib, ushbu shifo maskanida ekstragenital, andrologik, endokrin, asab tizimi,
terapevtik kasalliklar, shuningdek, erkak va ayollar bepushtligi samarali davolanib
kelinadi.
Faoliyati yuzasidan sanatoriya Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, unda
mamlakatimiz aholisidan tashqari boshqa davlatlardan ham fuqarolar kelib
davolanishadi. Sanatoriyda davolanish narxi 798 100 so`mni tashkil qiladi.
“Xonqa” sanatoriyasi– zamonaviy arxitektura loyihasi asosida qurilgan yangi
balneologik kurort. Bu erda asab, yurak-qon tomir tizimi, ginekologik, tayanch-
harakat apparatini davolash yuqori darajada yo`lga qo`yilgan. Davolash xonalari
zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Yod, brom va boshqa mikroelementlar
bilan boyitilgan mineral chashma bemorlar uchun tabiiy shifokor vazifasini
o`taydi. Bu erda davolanish narxi 811 210 so`mni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |