Hazrati Oishai siddiqa
(raziyallohu anho)
Payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) hazratlarining zavjai
mutahharalari. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) o‘rtancha qizlari.
Hazrati Hishom otalaridan naql qiladilarki: “Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)
Oishaga (raziyallohu anho) olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga
yetganida qo‘shilganlar. U janob Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bilan birga
to‘qqiz yil yashagan” (Imom Buxoriy rivoyati).
Hazrati Oisha (r.a.) Abu Hurayradan (r.a.) keyin eng ko‘p hadis rivoyat qilgan roviydir.
Shu bilan birga, Madinai Munavvaraning eng ma’lum va mashhur yetti faqihidan biri
bo‘lgan.
Oisha onamiz (r.a.) bunday deydi: “Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) vafot
etmaslaridan oldin betob bo‘lgan kezlarida ikki “Qul a’uzu”ni o‘qib, o‘zlariga o‘zlari dam
solar edilar. Dardlari og‘irlashib, hollari qolmagach, ul zotga men o‘zim dam solar edim.
Shunda barakali bo‘lsin uchun (ikkala qo‘llariga - kaftlariga dam solib,) o‘z qo‘llari bilan
o‘zlarini silar edim” (Imom Buxoriy rivoyati).
Hazrati Oisha (r.a.) Qur’oni karimdagi bir necha oyati karimaning nozil bo‘lishiga
bevosita sababchi bo‘lgan. O‘zlari tayyorlab, doimiy o‘qib yurgan Mushafi shariflari
hozirgacha saqlangan. Raziyallohu anho.
Do'stlaringiz bilan baham: |