Aytadilarki, bir yil Giylonda qurg‘oqchilik bo‘ldi. Xalq yomg‘ir duosiga chiqdi, lekin
Soliha ayollar.
Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
yomg‘ir yog‘madi. Barcha odamlar Ummu Muhammadning uyi oldiga kelib, yomg‘ir
uchun duo qilishini so‘rashdi. U uyidan chiqdi va: “Ey Rabbim! Men (hovlim
yuzini
supuray deb) supurgi yasadim, suvini Sen sep!” dedi. Ko‘p o‘tmay, tarnovlarni to‘ldirib
yomg‘ir yog‘a boshladi.
Bibik Marviyya
(quddisa sirruho)
Shayx Abu Said Abul Xayr (q.s.) hikoya qiladi: “Marvda bo‘lgan chog‘imda Bibik ismli bir
keksa ayol oldimga keldi va:
– Ey Abu Said, senga shikoyatga keldim, – dedi.
– Gapiring, eshitamiz, – dedim.
– Insonlar: “Bir lahza ham o‘z holimizga tashlab qo‘yma”, deb Allohga duo qilishyapti.
Men esa o‘ttiz yildirki: “Meni bir lahzagina bo‘lsin o‘z nafsimga qo‘yib ber, toki kim
ekanimni bir ko‘rayin va shu onda men bormanmi, shuni bilay”, deb duo qilayapman.
Lekin hali hanuz bu orzum amalga oshgani yo‘q…
Do'stlaringiz bilan baham: