karima qaritdi», dedilar».
Zamonamizning tasavvufshunos olimlaridan Usmon Turar «valiy» so‘zining ikki xil
ma’nosiga urug‘u beradi:
1. Fa’iyl vazniga va ismi maf’ul maqomida bo‘lish e’tibori ila «o‘z nafsiga, o‘z holiga
tashlab qo‘yilmagan kimsa» ma’nosiga. Zero, A’rof surasining 196-
«Albatta, mening do‘stim Kitobni nozil qilgan Allohdir va U soliiga do‘st tutadi»
oyati karimasidagi «valiyya» kalimasi mana shu ma’noga – fa’iyl ma’nosiga dalolat
qiladi.
Ikkinchi, fo’il vazniga va «Allohga nisbatan ibodat va toatni o‘rniga keltirgan, bexato ado
qila olgan kishi» ma’nosiga.
Vositiyga ko‘ra, valiyning to‘rt muhim alomati bor:
Birinchisi, o‘zi bilan Parvardigori orasidagi sirlarni muhofaza qilmog‘i (oshkor qilmasligi);
Ikkinchisi, karomatini yashirish, uni riyo maqsadida ko‘rsatmasligi;
Uchinchisi, Alloh yaratgan barcha mahluqotlarning ozorlariga (aziyat va jafolariga),
mashaqqatlarga sabrli bo‘lishi va ularga bu kabi muomala qilishdan o‘zini tiyishi, hech
kimga yuk bo‘lmasligi;
To‘rtinchisi, Allohning qullarini fe’l-atvor va toqatlariga ko‘ra idora qilishidir.
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
«Anis ut-tolibiyn va uddat us-solikiyn»da yozilishicha: «Ibn Abbos (raziyallohu anhu)
rivoyat qilgan sahih bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan:
Do'stlaringiz bilan baham: |