Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar
Fotimai Nishopuriyya (quddisa sirruho)
Xurosonning eski (nuroniy, qariya) ayollaridan va ulug‘ oriflaridan biri edi. Boyazid Bistomiy (q.s.) bu ayolni benihoya maqtagan. Zunnuni Misriy ham undan ba’zi masalalarni so‘ragan (va olgan javoblaridan ko‘ngli to‘lgan, hurmati yana ham oshgan). Fotimai Nishopuriyya Makkai Mukarramada mujovir edi. Baytul Umra uchun Makkaga kelayotib h. 203 (m. 818) yilda yo‘lda vafot qilgan.
Bir kun u Zunnun Misriyga bir hadya yubordi. Zunnun hazrat: – Ayollardan bir narsa qabul qilishda zillat (xorlik) va qusur (kamchilik) bor, – deb u hadyani olmadi. Shunda Fotima shunday dedi: – Eng buyuk so‘fiylar bergan bilan olgan orasida vosita ko‘rmaslar, bergan Alloh(ning bandalari)ga (Uning roziligi yo‘lida)berur, oluvchi esa (buni u bandadan emas, balki) Allohdan (kelgan bir ne’mat o‘laroq) olur.
Boyazid Bistomiy aytibdurki: “Men hayotim mobaynida haqiqiy bir er va haqiqiy bir xotin ko‘rdim, u ayol esa Nishopurlik Fotimadir. Unga qaysi maqomdan so‘z ochsam, uning bu maqomlarni aniq-tiniq bilganiga guvoh bo‘ldim”.
Mashoyixi kiromlardan biri Zunnun Misriydan so‘radi: – Bu toifa orasida kimni eng buyuk deb bilasiz? – Makkada Fotimai Nishopuriyya degan bir ayol bor. Men havas qiladigan darajada va menga ko‘p ma’qul bir suratda Qur’oni karimni tafsir qilar edi.
Fotimai Nishopuriyya bunday degan: “Alloh taoloni mushohadaga muvofiq tanimagan kimsa har maqomga yo‘rg‘alab, ko‘b, foydasiz gaplar gapirar. Mushohadali kimsani esa Haq taolo tilsiz (kamgap) qilar, u doimo ixlos va Haqdan hayo qilgan holda bo‘lur”.
“Bugun durust (solih insonlar) va taqvo ahli shunday bir darajadirki, to‘lqinlar ichida g‘arq bo‘lmaslik uchun zo‘rg‘a imkon topib, chirpinib turibdi, bu holdan qutilmoq uchun ular Parvardigoriga duolar qilmoqda”.
“Haq subhonahu va taoloning mushohada martabasiga yetishay deb amal qilgan kishi orif (haqshunos)dir; Alloh meni ko‘rib turibdi, deb amal qiluvchi kishi esa ixlos sohibidir”.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling