Hakima Damashqiyya
(quddisa sirruho)
Shomning ulug‘ ayollaridan edi. Robiya Shomiyyaning ustozidir.
Ahmad ibn Abul Havoriy Robiya Shomiyyaning bunday deganini naql qiladi: “Damashqlik
Hakimaning huzuriga bordim. Qur’oni karim o‘qiyotgan ekan. Menga dediki:
– Ey Robiya! Ering Ahmad ibn Abul Havoriy sendek xotini ustiga yana xotin olishni
xohlayotir.
– Xuddi shundoq.
– Bir insonning ko‘nglini Xudodan ayirgan holda ikki xotinga bermog‘i qanday bo‘lur?
“Alloh huzuriga toza dil bilan kelganlargagina (foyda berur)” (Shuaro, 89), oyatining
tafsiri senga yetib bormabdi, shekilli.
– Yo‘q, (bu oyat va uning tafsirini) bilmayman.
– Bu oyatning tafsiri shulki, ko‘ngilda Undan boshqa hech narsa bo‘lmagan holda Haq
taologa borgaysan”
Robiya aytadiki: “Uning huzuridan chiqib, uyga yo‘l oldim. U so‘zning ta’siridan qattiq
hayajonladim, tebranib-chayqalib borar ekanman, yo‘lda duch kelgan kishilar meni mast
deb gumon qilishlaridan uyalar edim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |