Sirriy Saqatiy hazratlariga murid bo‘lgan bir ayol bor edi. O‘g‘li muallimdan dars olardi.
turinglar, birga u bolaning onasi oldiga boramiz”, dedi va bordilar. Shayx Sirriy Saqatiy
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
– Bu so‘zlar bilan nimaga ishora qilmoqchisiz, ey ustoz!
– Bolang suvga cho‘kib ketibdi.
– Mening bolammi?
– Ha.
– Aslo, Alloh bunday qilmagan!
Shayx Sirriy yana sabr va rizodan gapira boshladi. Ayol:
– Yuringlar men bilan birga, – dedi. Hammalari birga tegirmonga quyiladigan irmoq
labiga borishdi.
– Mening bolam bu suvning qaeriga cho‘kib ketdi? – deb so‘radi. Ko‘rsatishdi.
– Muhammad! Bolam… – deb chaqirdi.
– Labbay, onajon!
Ayol ovoz kelgan joyga sho‘ng‘idi va bir pasda o‘g‘lini qo‘lidan tutib olib chiqdi. Hamma
hayratdan yoqa ushladi: o‘g‘li o‘lmagan, soppa-sog‘, tirik edi. Ayol bolasini yetaklab
uyiga ketdi.
Shayx Sirriy Saqatiy Shayx Junayd huzuriga borib, bu ishning asrorini so‘radi:
– Bu nima hol, qanday qilib? Tushuntirib bering! – dedi.
Junayd hazratlari bunday deb javob berdi:
– Bu ayol Haq taolo unga vojib qilgan hamma narsani o‘z vaqtida,
talab qilinginidek
bajarar edi. Bunday kishining hukmi shulki, o‘ziga taalluqli har hodisa, albatta, unga
bildiriladi. Unga o‘g‘lidan ajralganligi bildirilmaganligi uchun “o‘g‘ling cho‘kib ketdi”
deganni darhol rad qildi va qat’iy: “Aslo, Alloh bunday qilmagan!” dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: