tasadduq qilgan. Ahmad ibn Xadravayhning holi bilan yashadi. Boyazid Bistomiy va Abu
Soliha ayollar.
Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Abu Hafs aytadiki: “Ahmad Xadravayhning xotini Ummu Alini tanimasdan oldin ayol
zotining so‘zlariga hech e’tibor bermasdim. Keyin bildimki, Alloh taolo o‘z ma’rifat va
ilmini xohlaganiga berar ekan”.
Boyazid Bistomiy shunday deydi: “Tasavvuf yo‘lida bo‘lishni xohlagan kishi doimo
Ahmad ibn Xadravayhning xotini Ummu Alining himmatiga o‘xshagan
bir himmat sohibi
bo‘lishi va uning holi bilan hollanishi darkor”.
Ummu Ali shunday degan: “Haq subhanohu va taolo ming bir lutf va yaxshilik bilan
insonlarni o‘ziga (toatu ibodatga) da’vat etdi, qabul qilmadilar. Shundan so‘ng ularni
o‘ziga yuzlanib, yo‘nalmog‘lari uchun ustlariga har xil balolarni yog‘dirdi. Shunday qildi,
chunki U bandalarini yaxshi ko‘radi”.
“Bir ehtiyojni boy bermoq u ehtiyojni ta’minlash yo‘lida qadrsizlanishdan ko‘ra qulayroq,
osonroqdir”.
Balxdan bir ayol kelib:
– Xizmatingni qilishni va bu bilan Haq taologa yaqinlik hosil etishni xohlayman, – dedi.
Ummu Ali shunday javob berdi:
– Nega Alloh
taologa xizmatni vasila qilib, menga yaqin bo‘lishni xohlamayapsan?
(Banda rizosi emas, Xoliq – yaratuvchi rizosi asl va muhimdir).
Do'stlaringiz bilan baham: