Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar
www.ziyouz.com kutubxonasi
19 – Bir yildan beri. – Undan oldin qandoq edi? – Udni qo‘liga olib chalar va mana bu baytlarni kuylar edi:
Bir kuni bu baytlarni aytib bo‘lgach, turib udini mayda-mayda qildi va yig‘lay boshladi. Biz uni birortasiga oshiq bo‘lib qolibdi, deb aybladik. Ammo keyin bilsak, undoq emas ekan.
Men joriyaga qaradim va: – Shu aytganlari to‘g‘rimi? – deb so‘radim. U yarador bir qalb, dardnok ovoz quyidagi she’rni o‘qidi:
Joriya jim bo‘lib qoldi. Men uning xo‘jayiniga: “Joriyangning bahosini ayt, men ortig‘i bilan to‘lay” dedim. – E voh! Bechora faqir! Axir, sen unga loyiq pulni qaerdan ham olarding. Miskin bir darvish bo‘lsang! – To‘xta, oshiqma ko‘p. Shu yerda kut, men borib aytgan pulingni olib kelaman.
So‘ng yig‘lay-yig‘lay chiqib ketdim. Allohga qasamki, o‘shanda menda katta pul u yoqda tursin, tiyinim ham yo‘q edi. Tun bo‘yi nima qilishimni bilmay, tanho niyozda (yolvorishda) bo‘ldim. Kipriklarimni hatto qimirlatganim yo‘q. “Ey Rabbim! Ochig‘u pinhon hamma narsani bilursan. Sening lutfingga ishonaman, meni sharmanda qilma!” deya takror-takror yolvorar edim. Bir payt birov eshigimni taqillatdi. – Kim u? – dedim. – Bir do‘st!
Eshikni ochdim. Qo‘lida chiroq, yonida to‘rt o‘g‘lon bilan bir odam ko‘rdim. – Ichkariga kirishga ruxsat berasizmi, ustoz? – dedi. – Marhamat, xush kelibsan, – dedim. U ichkariga kirgach: – Kimsan, birodar? – deb so‘radim. – Ahmad ibn Musannoman. Shu kecha g‘oyibdan bir ovoz menga bunday dedi: “Ey Musanno! Mana bu besh hamyonni olgin-da, Sirriyga eltib ber. Bu bilan uning ko‘nglini
|
ma'muriyatiga murojaat qiling