Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc


«Avliyoulloh (Allohning do‘stlari) kim?» deb so‘rashganda, Risolatpanoh


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/55
Sana05.01.2022
Hajmi154.05 Kb.
#232299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar

«Avliyoulloh (Allohning do‘stlari) kim?» deb so‘rashganda, Risolatpanoh 

Hazratimiz: «Haq jalla va a’loning do‘stlari shunday kishilarki, ularni 

ko‘rganingizda Alloh taoloni zikr qilish xotirga kelar», dedilar». 

 

Imomul orifiy Xoja Muhammad ibn Ali Hakim Termiziy «Navodirul usul fi ahadisirrasul» 



nomli kitobida (bu hadis-ning sharhida) shunday deydi: «Valiyning qalbi ilohiy jamol 

nurlarining ma’dani; ilohiy kibriy haybati va qurbiyyat oydinligidir. Yuzida porlagan nur 

va latofat valiyning qalbidan (chiqib kelib ko‘rinish berur). Bu holda mo‘min qulning qalbi 

u go‘zal hayotning nuri ila tirik bo‘lguvchidir…» 

 

Salimiya tariqatining asoschisi, buyuk mutasavvif Abu Abdulloh Muhammad ibn Salim al-



Basriydan so‘rabdilar: «Xalq orasida avliyo qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi, uni 

qanday tanish mumkin?» Ul zot bunday javob beribdi: 

«1) tili shirinligi va xushmuomala suhbati; 

2) axloqining go‘zalligi; 

3) chehrasidagi tubassum

4) jo‘mardligi, saxiyligi; 

5) e’tirozi ozligi; 

6) uzr so‘rab, xatolari kechirilishini so‘ragan kishilarning uzrlarini qabul qilishi

7) butun yaratilmishlarga – yaxshi-yomon bo‘lsin, barcha insonlarga, hayvon-

jonivorlarga rahmu shafqatli bo‘lishi bilan xalq orasida ajralib turadi».7 

 

Xulosa shuki, valiylik insoniylikning, yetuklikning, komillikning go‘zal namunasidir. 



Odamiylikning sharaf va izzati ham shu bilan qadrli va qiymatlidir. Surat va siyrat 

go‘zalligini, «ahsanil-taqvim» yaratilishni o‘zida jamlagan valiylik har davrda bo‘lgani 

kabi bugun ham, kelgusida ham muborak bo‘lib qolishiga aminmiz. 

 


Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling