Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar
Istanbullik ayol
(quddisa sirruho)
Shayx Mahmud As’ad Jo‘shon ibn Najotiy Chanoqqal’aviy “Muvaffaqiyatning yo‘li va shartlari” asarida yozadi:
“Alloh taolo rahmat qilsin, qabrida nur ichida yotsin, otamning do‘sti, soqoli oppoq, yuz yoshdan o‘tgan Muhammad Amaki degan muborak bir odam bo‘lar edi. Vatan urushi qatnashchisi, ko‘ksida qahramonlik nishoni, qo‘lidan tasbehi tushmas, duoli, boshi xam, kamtar-kamsuqum, go‘zal axloqli, ishni saranjom sarishta, durust qiladigan shirin so‘zli, haqiqiy bir mo‘min edi. Madinai Munavvarada menga shu odam haqida quyidagilarni Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi 32 aytib berishdi: Xotini og‘ir betob bo‘lib, vafot oni yaqinlashar ekan o‘z eridan: – Hazrat, mendan rozi bo‘ling! – deb rozi-rizolik so‘rab yalinibdi.
Muhammad Amaki ham: – Xotinjon! Oltmish yillik turmushimizda sen meni hech xafa qilmading, gapimni yerda qoldirmading, bordi-yu biron-bir haqim bo‘lganida ham sendan roziman… – debdi.
Oltmish yil birga yashab bir-birlariga ozor bermagan, urishmagan, bir-birining hurmat- izzatini o‘rniga qo‘yaolgan bu muborak oilani bir ko‘z oldingizga keltiring.
Muhammad Amaki o‘z qarindoshlariga shunday degan: “Ayolim, rahmatli, mehru vafoli, sadoqatli bir xotin edi… Vafotidan keyin ham ikki yil sahar chog‘i tushimga kirib, meni namozga uyg‘otdi…”
Ko‘p qiziq va ibratli boshqa bir ajib voqea esa quyidagichadir: Muhammad Amaki ayoli vafot etganidan keyin yana bir marta hajga kelgan. Ehromini o‘rab, Ka’bai Musharrafani tavof qilayotganida, oldiga ayoli kelgan va ikkovi gaplasha- gaplasha Ka’batullohni tavof qilishgan. Tavofdan so‘ng Muhammad Amaki ko‘nglida o‘z- o‘ziga: “E-e! – debdi. – Axir, xotinim vafot qilgandi-ku!..” O‘girilib qarasa, xotini yo‘q, g‘oyib bo‘libdi”.
Download 154.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling