Volidai Xoja Alouddin G‘ijduvoniy
(alayhirrohma)
Xoja Ubaydulloh Ahror aytur edikim, hazrati Xoja Alouddin G‘ijduvoniy (alayhirrohma)
aytdi:
“Men o‘n olti yoshda edim, Amir Kalon Voshiyning mulozamatlariga bordim. Ul zot meni
zikri xufya (qalb zikri)ga mashg‘ul etdi va ko‘b mubolag‘a qildikim, bu zikr usulini
shundoq pinhon saqlagilki, ahlu ayol, yaqinlaring, suhbatdoshlaring bilmasinlar. Bordi-yu
xabardor bo‘lsalar ham, sen bildirmay yana bu qalb zikrida davom qil”. Necha vaqtlar bu
tariqa mashg‘ul bo‘ldim va azim riyozatim bor edi. Chekkan riyozatlarim yuzimdin
ma’lum edi. Bir kun onam menga aytdiki: “Sen bemorsanu mendan buni yashiryapsan.
Yuzingdan ko‘rinib turibdi”. Men: “Bemor emasman”, dedim. Onam aytdi: “Ey bolam,
agar darding nimaligini aytmasang, bergan sutimga rozi emasman”. Noiloj qissamni
sharh etib aytdim, vazifam zikri qalbiyni ham ma’lum qildim. Onam darhol bu zikr va
tariqatga moyillik bildirdilar va nafyi isbot zikri*ga mashg‘ul bo‘ldilar. Men bu voqeadan
hayratlarda qoldim va “ajabo, to‘g‘ri qildimmi aytib yoki noto‘g‘ri qildimmi?” deya iztirob
chekib, Xoja Amir Kalonning yonlariga bordim. Onam bilan bo‘lgan voqeani bayon
qildim. Amir Kalon hazrat aytdilarki: “Biz sizning onangizga ijozat berdik, bu tariqqa
mashg‘ul bo‘laversinlar”.
Necha vaqtlar onam bu tariq bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
Do'stlaringiz bilan baham: |