Microsoft Word статистика лотин 14. doc


 Statistik kuzatishning rejasi, uning dastur - uslubiy va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

2.3. Statistik kuzatishning rejasi, uning dastur - uslubiy va 
tashkiliy masalalari. 
 
Statistik kuzatish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda barcha 
tayyorgarlik ishlari, ikkinchi bosqichda tegishli ma’lumotlar to‘planadi va nixoyat 
uchinchi bosqichda to‘planga ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi. 
Statistik kuzatishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun kuzatishning maxsus rejasi 
ishlab chiqiladi. Statistik kuzatishning rejasi dastur - uslubiy va tashkiliy 
masalalarni o‘z ichiga oladi. 
Dastur - uslubiy masalalarga kuzatish maqsadini aniqlash, kuzatish ob’ekti 
va birligini aniqlash, kuzatish dasturini ishlab chikarish singarilar kiradi. 


17 
Statistik kuzatishning maqsadi statistik kuzatish oldida turgan vazifalar 
asosida shakllanadi. 
Statistik kuzatishning to‘g‘ri tashkil qilinishida kuzatish ob’ekti va 
birligining ilmiy asosda aniqlanishi muxim rol o‘ynaydi. Ular kuzatishning 
maqsadi va vazifalari asosida aniqlanadi. 
Statistik tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati ma’lum miqdorda kuzatish 
dasturiga bog‘liqdir. 
Statistik kuzatishning dasturi deb, kuzatish jarayonida javob olinishi lozim 
bo‘lgan savollar majmuiga aytiladi. 
Kuzatish dasturining mazmuni statistik tadqiqotlar ob’ekti va vazifalari bilan 
belgilanadi. Undan tashqari qayd qilinishi lozim bo‘lgan belgilar ruyxati bilan 
tasvirlanadi. Kuzatish dasturiga kiritiladigan belgilar muxim bo‘lishi lozim. 
Statistik kuzatish dasturining savollari va unga javoblar statistik 
kuzatishning asosiy instrumenti - statistik formulyar (ro‘yxatga olish varaqasi
anketa, shakl, va xokazo shu singari) larda aks etiriladi. 
Amaliyotda formulyarlarning ro‘yxatli va yakka xoldagi (individual) turlari 
qo‘llaniladi. 
Ro‘yxatli formulyarlarga bir qancha kuzatish birliklarining natijasi yoziladi, 
yakka xoldagi formulyarlarga esa, har qaysi kuzatish birligi alohida to‘ldiriladi. 
Statistik formulyarlarga yiriqnoma yozilib, unda formulyarlarning 
to‘ldirilish tartibi atroflicha bayon qilib beriladi. 
Statistik kuzatishning rejasida bir qator tashkiliy masalalar ham o‘rin oladi. 
Ular jumlasiga kuzatish organi, joyi, usullari kiradi. Statistik kuzatishning tashkiliy 
rejasiga ruyxatga oluvchi kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l - yo‘riqlar berish, to‘g‘ri 
bajarilishi ustidan nazorat qilish masalalari ham kiradi.Undan tashqari kuzatishning 
vaqti, mablag‘lar manbai singari masalalar ham rejalashtiriladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling