Microsoft Word статистика лотин 14. doc


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

boshqarmalari, respublikaning boshqa shaharlarida va tumanlarida – statistika 
bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. 
Tegishli Hokimlarga qarashli bu statistika organlari, barcha xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlardan hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qiladi, to‘g‘riligini nazorat 
qiladi va qayta ishlab, umumlashtirib, mamlakatning boshqaruv organlari va 
qiziquvchilarga yetkazib beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘qrisida”gi qonunning 6-
moddasida “Davlat statistika organlarining huquqlari” shunday ifodalangan: 

davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga 
solish ishlarini amalga oshirish; 

davlat statistika organlari va boshqa davlat organlari tomonidan olib 
boriladigan davlat statistikpa kuzatuvlari dasturlarini tasdiqlash hamda idoraviy 
xususiyatdagi statistika kuzatuvlari shakllarini kelishib olish; 

moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idoralar va 
xizmatlardan, yuridik shaxslar hamda ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy 
shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlari, 
idoraviy hisobga olish ma’lumotlari hamda davlat statistika ishlarini olib borish uchun 
zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida), 
shuningdenk ularga ilova etiladigan tushuntirish-izohlarni surash hamda olish va 
statistika maqsadlarida foydalanish; 

korxonalar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlarda 
statistika 
ma’lumotalri 
ishonchliligini tekshirish, qoidabo‘zarliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish 
haqida ko‘rsatma beri shva statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; 

olinayotgan statistika ma’lumotlarining to‘liqligi hamda holisligini 
ekspertizadan o‘tkazish; 

statistika ma’lumotlarini taqdim etayotgan davlat organlari, yuridik 
shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar bajarilishi majburi bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul 
qilish; 

davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini bo‘zgan shaxslarga 
nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sanksiyalarini qo‘llash; 

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish ishini amalga oshirayotgan organlardan korxonalar va tashkilotlarning yagona 
davlat registrini yuritish uchun zarur ma’umotlar olish; 

Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistikaga oid, tahliliy, 
axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni shartnoma asosida qonun 
hujjatalrida belgilangan tartibda ko‘rsatish; 


11 

boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari 
bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish; 

ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling