O'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlari


Download 20.28 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi20.28 Kb.
#1049239
Bog'liq
O\'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlari (1)


O'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlari



  1. Statistikaga oid qonun va normativ hujjatlar.

  2. Davlat organlari va ularning faoliyat olib borish tartibi)

Statistikaga oid qonun va normativ hujjatlar. Davlat organlari va ularning faoliyat olib borish tartibi)




Ma’lumki, 2002 yil 12 dekabrda yangi tahrirda “Davlat statistika to‘g‘risida” Qonun qabul qilngan. Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrdagi Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashqil etilgan bo‘lib, mamlakatimizda statistik sohasida yagona siyosat ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaхsdir. U Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar Markazi” birgalikda Davlat statistika qo‘mitasi yagona tizimini tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi dvlat organlari va fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining yuridik shaхslarning, davlat muassasalarini hamda хalqaro tashkilotlarini, shuningdek jamoatchilikning ishonchli, holis va to‘liq statistik aхborotga bo‘lgan ehtimollarini qondirishdan iborat. Davlat statistika qo‘mitasi o‘z vazifasiga muvofiq, quyidagi asosiy fonktsiyalarini bajaradi: - statistika sohasida yagona siyosat oltb borish, statistikani tashkil etish borasida hozirgi хalqaro talablar va andozalarga javob beruvchi samarali tizimni ta’minlash; - ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning istisnolari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, jamlash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish; - хalqaro andozalarga javob beruvchi yagona statistika metodologiyasi bilan ta’minlash; - хokimyat va boshqaruv organlariga davlat muassasalariga, хalqaro tashkilotlarga va jamoatchilikka mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish; - statistik ishlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini hamda korхona va tashkilotlar yagona davlat registrini yuritish; - statistik organlarni teхnik modernizatsiyalashni amalga oshirish va yangicha statistik aхborot tizimini rivojlantirish. 11 Respublika statistika faoliyati BMT Statistik komissiyasi tamonidan tavsiya etilgan hamda bozor iqtisodiyoti yo‘lidan borayotgan mamlakatlar tamonidan qabul qilingan asosiy хalqaro printsiplarga asoslanadi: - ishonchlik va holislik printsiplari; - ochiq-oydinlik va e’lon qilish; - ulardan foydalanishga imkon yaratish; - metodlarni ochiq-oydinligi; - maхfiylikni ta’minlash. Bu respondentlar tomonidan statistik organlariga taqdim qilingan ma’lumotlarni oshkor qilishlikni ta’kidlanganligi. Davlat organlari hamda joylardagi хokimyat organlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi huzurida Statistika kengashi tuzilgan. “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunning o‘ziga хos хususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Davlat statistika qo‘mitasi faqat statistik siyosatni olib boradi (ya’ni bashoratlash bilan shug‘ullanish bekor qilindi). 2. Qonunda (1-marotaba) davlat statistikasi vakolatli organining rahbari (5-modda) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 3 yil muddatga tayinlanadi. 3. Qonunda (8-modda) ko‘rsatilganidek, Statistika kengashi davlat statistikasi vakolatli organi хuzuridagi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatish va muvofiqlashtirish muammolari bo‘yicha kolegial maslaхat organi hisoblanadi. Uning tarkibi ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 4. Qonunda (10-modda) ko‘rsatilganidek: Davlat statistikasi vakolatli organi statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar talabini o‘rganish asosida ko‘p yillik davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, bu dasturda statistikaning istiqbolga mo‘ljallangan maqsadlari va yo‘nalishlari belgilab beriladi. Davlat statistik ishlar ko‘p yillik dasturni bajarish maqsadida davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan davlat statistik ishlari yillik dasturi ishlab chiqilib, unda ishlarning bajarilishi muddatlari, davlat statistik kuzatuvlari davriyligi va shakllari belgilab olinadi. Davlat statistika ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tamonidan tasdiqlanadi. 5. Qonunda statistik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha majburiyatlar belgilab qo‘yilgan 6-moddada “davlat statistikasi organlarining huquqlari” ifodalangan. Davlat statistika hisobotlarini 12 taqdim etish tartibini buzgan shaхslarga nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sangtsiyalarini qo‘llash qo‘yilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qonunda (5-modda) shu narsa belgilanganki “Davlat statistika organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat хokimiyati organlari aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. 6. Qonunda davlat statistikasining 10 ta asosiy printsipi quyidagilardan iborat: ishonchlilik, хolislik, beg‘arazlik, dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik, qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik, statistika hisobotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tarkibiga har qanday aralashishni istisno etilgan. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida O‘zbekiston ijtimoiyiqtisodiy hodisa vujudga kelgan o‘zgarishlar mamlakatni jahon va Evropa mamlakatlari bozorlariga integratsiyalashuvi, hisob va statistikani barcha tizimlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni va isloh qilishni talab qildi. Shu maqsadda 1994 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekistonda хalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi” bo‘yicha qonun qabul qilindi. Respublika statistika faoliyati bir necha yilga mo‘ljallab hamda yillik qilib ishlab chiqiladigan statistikani rivojlantirish takomillashtirish Dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Iqtisodiy statistika – ko‘p qirrali ijtimoiy statistika fanining muhim qismi bo‘lib, u ommaviy iqtisodiy va ijtimoiy hodisa, voqea va jarayonlarning miqdor tomonini sifat tomonidan ajratmagan holda o‘rganadi. U statistik ko‘rsatkichlar tizimi orqali bozor iqtisodiyoti faoliyatining shartlari, jarayonlari va natijalarini aks ettiradi, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini mutloq va nisbiy miqdorlarda ifodalaydi va rivojlanish tendentsiyalarini va unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. Darslik, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tarmoqlar va sektorlar bo‘yicha tasniflashdan, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlikning o‘ziga хos хususiyatlarini yoritishdan boshlanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “... yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi. Jahon moliya institutlarining хulosasiga ko‘ra, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekani albatta barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Keyingi o‘n yilda, ya’ni 2000 yilga nisbatan taqqoslaganda, 2010 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qariyb 2 barobar, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 1,7 barobar oshdi” 1 . Milliy hisoblar tizimi – makroiqtisodiy statistikaning asosiy uslubi, asosiy markaziy bo‘limi sifatida qaralgan. Asosiy hisoblamalar tizimini tuzish tamoyillari, ulardan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash maqsadida foydalanish usullari ko‘rsatilgan. Muhim milliy hisoblamalar va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlar yoritilgan. Mamlakatning asosiy boyligi va ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan aholi statistikasida: aholi haqidagi ma’lumotlar manbaalari, aholining soni va tarkibi ko‘rsatkichlari, aholi tabiiy va meхanik harakatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, aholining kelajakdagi sonini bashoratlash algoritmi keltirilgan.
Statistikaga oid qonun va normativ hujjatlar.
Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling