Microsoft Word статистика лотин 14. doc


III Mavzu: STATISTIK MA’LUMOTLARNI JAMLASH VA


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

III Mavzu: STATISTIK MA’LUMOTLARNI JAMLASH VA 
GURUHLASH” 
 
REJA: 
3.1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash. 
3.2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari va turlari
3.3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. 
3.1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash 
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida 
juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha 
tartibga keltirilmaganligi sababli xodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga 
imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa-ma’lumotlarni jamlash, bir 
tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning 
ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash 
deb yuritiladi. 
Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash 
deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, 
to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, 
Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, 
institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va xokazo. 
Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab 
guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Masalan, terilgan paxtani 
qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, 
mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib 
o‘rganish. 
Ma’lumotlarni 
jamlash-tashkil 
etilishiga 
qarab 
markazlashgan 
va 
markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan 
olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va 
vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi. 
Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab 
joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik 
markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy 
va ijobiy tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta 
ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda 
yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy 
ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, 
tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi. 
Markazlashtirilmagan 
jamlashda 
kuzatish 
xatolarini 
to‘g‘rilash 
yengillashadi, xududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari 
tarqoq holda bo‘ladi. Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib 
chiqib, har ikkala usuldagi jamlash qo‘llanadi. 
Kuzatish ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash qo‘lda yoki mashinada 
bajarilishi mumkin. Qo‘lda uncha katta bo‘lmagan kuzatish to‘plam ma’lumotlari 


20 
yig‘iladi va qayta ishlanadi. Jamlash qo‘lda bajarilganda ko‘p mehnat va vaqt 
sarflanadi. 
Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam 
mehnat sarflanadi. Hozirgi sharoitda Respublikamizda barcha statistika organlari 
mikroEXMlar bilan ta’minlangan va statistik ishlar zamonaviy kompyuterlar 
yordamida olib boriladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling