Microsoft Word Tabiiy polimerlar laboratoriya mashg'uloti 2017


Download 60.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi60.6 Kb.
#1379469
Bog'liq
8 laboratoriya



20
8- LАBОRАTОRIYA ISHI
Mavzu. Kraxmalning sifat reaksiyalari va uning gidrolizlanishi. (4 soat)
Reja:
1. Крахмалнинг йод билан реакцияси
2. Крахмал гидролизланиши
Kraxmalning yod bilan rangli reaksiyalari
Reaktiv va asboblar: tarozi (toshlari bilan), 500 ml li konussimon kolba
yod, kaliy yodid 0,02 n li eritmasi, elektroplitka, probirkalar, o’lchov silindri, 
distillangan suv. Yodni 2,54 g ini 1 l kaliy yodid eritmasida eritib eritmasi 
tayyorlanadi.
Ishning borishi: Konussimon kolbaga 0,25 g kraxmal solinib uni ustiga 50 
ml distillangan suv solib suspenziya hosil qilinadi. Suspenziya elektroplitkada 5 
minut qaynatiladi va bir jinsli sistema hosil bo’lguncha aralashtirib turiladi. 
Qaynashning boshlanishi havo pufakchalarining hosil bo’lishi bilan kuzatiladi. 
Probirkaga 10 ml kraxmal yelimidan (klesteri) olib unga 1-2 tomchi yod eritmasi 
tomiziladi. 
Aralashma rangi oldindan tayyorlangan namuna bilan solishtiriladi. Yod 
bilan kraxmalning hosil qilgan ko’k rangdan to qizg’ish-binafsha ranggacha 
bo’ladi. Kraxmal yelimining rangi oldindan tayyorlangan namuna rangiga mos 
kelishi kerak.
Savol:
1. Yod ta’sirida eritma rangining o’zgarishini tushuntiring.
2. Kraxmalning oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
Kraxmalning gidrolizlanishi
Reaktiv va asboblar: kartoshka kraxmali, sulfat kislotaning 10 % li eritmasi, 
yod eritmasi, 7 dona probirka, 100 ml li stakan.
Ishning borishi: Kraxmal kislotada gidrolizlanganda dekstrinlar deb 
ataladigan bir qator oraliq mahsulotlar hosil qiladi, to’liq gidroliz natijasida esa α–


21
D–glyukozaga aylanadi. Dekstrinlarni hosil bo’lishini gidroliz vaqtida aniqlash 
mumkin, chunki ular yod bilan o’zaro ta’sirlashganda kraxmaldagiga qaraganda 
boshqacha rang hosil qiladi.
Kichikroq kolbaga 1% li kraxmal klesteridan 40 ml solinadi va unga sulfat 
kislotaning 10 % li eritmasidan 5-10 ml qo’shiladi. 6–7 ta probirka-ga suyultirilgan 
yod eritmasidan 2 ml dan qo’shiladi. Kolba to’r ustida kichikroq alangada 
qizdiriladi. Suyuqlik qaynagandan 1-2 minut keyin kolbadan yod eritmasi solingan 
probirkaga 0,5 ml gidrolizat quyiladi va hosil qilingan eritma sovitiladi. 
Eritmaning rangi qayd etiladi. Aralashma har 1-2 minutda xuddi shunday tekshirib 
ko’riladi. Dastlab eritma ko’k rangga bo’yaladi, ammo keyin u binafsha rangga 
(amilodekstrinlar), keyinchalik qizilga (eritrodekstrinlar) o’tib, nihoyat yodning 
sariq rangi o’zgarmay qoladi (axrodekstrinlar). Dekstrinlar parchalanishining 
oxirida glyulozaga aylanadi (oraliq mahsulot sifatida maltoza hosil bo’ladi).
Yod bilan rang yo’qolgandan keyin aralashma yana 20-3 minut qaynatiladi, 
shundan keyin sovitiladi va eritmani chayqatib turib oz-ozdan quruq kalsiy 
karbonat qo’shish yo’li bilan sulfat kislota neytrallanadi. Bunda kalsiy sulfat 
cho’kmasi hosil bo’ladi. Eritma ko’pirishi tugagandan keyin filtrlanib ortiqcha 
kalsiy karbonatdan va hosil bo’lgan kalsiy sulfatdan tozalanadi.
Filtratning bir qismiga feling suyuqligi ta’sir ettirib monosaxaridlar bor –
yo’qligi teksirib ko’riladi. Reaksiyaning ikobiy natija berishi gidroliz bo’lganini 
ko’rsatadi, ammo gidroliz hosil bo’lishidan oldin bo’ldimi yoki filtratda qisman 
maltoza ham bormi, buni tajribaga qarab aytib bo’lmaydi. Filtratninig bir qismini 
(10 ml) chinni kosachaga solib, dastlab to’r ustida keyin suv hammomida 
sarg’ishm va shirin ta’mmli qiyom hosil (massa) bo’lguncha bug’latiladi.
Savollar:
1. Gidroliz jarayoni tenglamasini yo’zing.
2. Kraxmal molekulasi qanday analogik o’zgarishlarga uchraydi.

Download 60.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling