Microsoft Word Tabiiy polimerlar laboratoriya mashg'uloti 2017
Download 60.6 Kb. Pdf ko'rish
|
8 laboratoriya
20 8- LАBОRАTОRIYA ISHI Mavzu. Kraxmalning sifat reaksiyalari va uning gidrolizlanishi. (4 soat) Reja: 1. Крахмалнинг йод билан реакцияси 2. Крахмал гидролизланиши Kraxmalning yod bilan rangli reaksiyalari Reaktiv va asboblar: tarozi (toshlari bilan), 500 ml li konussimon kolba, yod, kaliy yodid 0,02 n li eritmasi, elektroplitka, probirkalar, o’lchov silindri, distillangan suv. Yodni 2,54 g ini 1 l kaliy yodid eritmasida eritib eritmasi tayyorlanadi. Ishning borishi: Konussimon kolbaga 0,25 g kraxmal solinib uni ustiga 50 ml distillangan suv solib suspenziya hosil qilinadi. Suspenziya elektroplitkada 5 minut qaynatiladi va bir jinsli sistema hosil bo’lguncha aralashtirib turiladi. Qaynashning boshlanishi havo pufakchalarining hosil bo’lishi bilan kuzatiladi. Probirkaga 10 ml kraxmal yelimidan (klesteri) olib unga 1-2 tomchi yod eritmasi tomiziladi. Aralashma rangi oldindan tayyorlangan namuna bilan solishtiriladi. Yod bilan kraxmalning hosil qilgan ko’k rangdan to qizg’ish-binafsha ranggacha bo’ladi. Kraxmal yelimining rangi oldindan tayyorlangan namuna rangiga mos kelishi kerak. Savol: 1. Yod ta’sirida eritma rangining o’zgarishini tushuntiring. 2. Kraxmalning oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing. Kraxmalning gidrolizlanishi Reaktiv va asboblar: kartoshka kraxmali, sulfat kislotaning 10 % li eritmasi, yod eritmasi, 7 dona probirka, 100 ml li stakan. Ishning borishi: Kraxmal kislotada gidrolizlanganda dekstrinlar deb ataladigan bir qator oraliq mahsulotlar hosil qiladi, to’liq gidroliz natijasida esa α– 21 D–glyukozaga aylanadi. Dekstrinlarni hosil bo’lishini gidroliz vaqtida aniqlash mumkin, chunki ular yod bilan o’zaro ta’sirlashganda kraxmaldagiga qaraganda boshqacha rang hosil qiladi. Kichikroq kolbaga 1% li kraxmal klesteridan 40 ml solinadi va unga sulfat kislotaning 10 % li eritmasidan 5-10 ml qo’shiladi. 6–7 ta probirka-ga suyultirilgan yod eritmasidan 2 ml dan qo’shiladi. Kolba to’r ustida kichikroq alangada qizdiriladi. Suyuqlik qaynagandan 1-2 minut keyin kolbadan yod eritmasi solingan probirkaga 0,5 ml gidrolizat quyiladi va hosil qilingan eritma sovitiladi. Eritmaning rangi qayd etiladi. Aralashma har 1-2 minutda xuddi shunday tekshirib ko’riladi. Dastlab eritma ko’k rangga bo’yaladi, ammo keyin u binafsha rangga (amilodekstrinlar), keyinchalik qizilga (eritrodekstrinlar) o’tib, nihoyat yodning sariq rangi o’zgarmay qoladi (axrodekstrinlar). Dekstrinlar parchalanishining oxirida glyulozaga aylanadi (oraliq mahsulot sifatida maltoza hosil bo’ladi). Yod bilan rang yo’qolgandan keyin aralashma yana 20-3 minut qaynatiladi, shundan keyin sovitiladi va eritmani chayqatib turib oz-ozdan quruq kalsiy karbonat qo’shish yo’li bilan sulfat kislota neytrallanadi. Bunda kalsiy sulfat cho’kmasi hosil bo’ladi. Eritma ko’pirishi tugagandan keyin filtrlanib ortiqcha kalsiy karbonatdan va hosil bo’lgan kalsiy sulfatdan tozalanadi. Filtratning bir qismiga feling suyuqligi ta’sir ettirib monosaxaridlar bor – yo’qligi teksirib ko’riladi. Reaksiyaning ikobiy natija berishi gidroliz bo’lganini ko’rsatadi, ammo gidroliz hosil bo’lishidan oldin bo’ldimi yoki filtratda qisman maltoza ham bormi, buni tajribaga qarab aytib bo’lmaydi. Filtratninig bir qismini (10 ml) chinni kosachaga solib, dastlab to’r ustida keyin suv hammomida sarg’ishm va shirin ta’mmli qiyom hosil (massa) bo’lguncha bug’latiladi. Savollar: 1. Gidroliz jarayoni tenglamasini yo’zing. 2. Kraxmal molekulasi qanday analogik o’zgarishlarga uchraydi. Download 60.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling