Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

 
Kafanlash 
Kafanlashda xoh u yangi bo‘lsin, xoh eski bo‘lsin, toza oppoq libos bo‘lishi mahbubdir. 
Erkak kishini tiriklik chog‘ida kiyish durust bo‘lgan har qanday kiyim bilan vafotidan 
keyin kafanlash joizdir. Ammo tirikligida kiyish durust bo‘lmagan mato bilan, ya’ni ipak 
bilan o‘lgandan so‘ng ham kafanlash nojoizdir. Mabodo, boshqa hech narsa topilmay 
qolsagina, erkak kishini ipak bilan kafanlash mumkin. Ayollar esa ipak bilan ham 
kafanlansa bo‘ladi. 
Erkaklar uchun sunnatga muvofiq kafan uchta bo‘ladi: 1. Qamis; 2. Izor; 3. Lifofa. 
Bo‘yindan qadamgacha o‘raladigan mato qamis, deyiladi. Izor bilan bosh va qadam 
qo‘shib o‘raladi. Lifofa ham izor kabi bo‘ladi. Ayollarga esa ko‘kraklarini bog‘lab qo‘yish 
uchun bir parcha latta va yuzni to‘sish uchun ro‘mol ziyoda qilinsa, sunnatga muvofiq 
bo‘ladi. 
 
Janoza namozi 
Janoza namozida ma’lum shartlar va arkonlar bo‘lib, uning shatrlari quyidagicha: 
1. Yuqorida o‘tgan namoz shartlarining barchasi janoza o‘qilayotganda ham mavjud 
bo‘lishi kerak. Ammo vaqt janozada shart qilinmaydi. Qachonki, mayyit hozir bo‘lsa, 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
o‘shanda janoza o‘qiladi. 
2. Mayyit musulmon bo‘lishi ham shart, kofirga janoza o‘qilmaydi. 
3. Mayyit janoza o‘quvchilarning oldilarida bo‘lishi ham shart. o‘oyibga janoza 
o‘qilmaydi. 
4. Mayyitning boshi bilan birga aksar badani bo‘lishi kerak. Yarmidan ko‘proq badani 
yo‘q kishining ham janozasi o‘qilmaydi. 
5. Janoza o‘qilayotgan vaqtda mayyit yerga qo‘yilgan bo‘lishi shart. Insonlar qo‘lida 
yoki biror hayvonning tepasida turgan mayyitga janoza o‘qish joiz emas. 
 
Ruknlari 
1. To‘rt takbir aytmoqlik; 
2. Qiyom turmoqlik, ammo salom berishlik boshqa namozlardagi kabi vojibdir;
Sunnatlari 
1. Birinchi takbirdan so‘ng sanoni o‘qishlik sunnatdir. 
2. Salovoti Ibrohimiyyani ikkinchi takbirdan keyin o‘qishlik ham sunnatdir. Agar vaqt 
qisqa bo‘lsa, boshqa salovotlarni o‘qishlik ham durust bo‘ladi. Lekin salovotu 
Ibrohimiyyani o‘qish afzal hisoblanadi. 
Uchinchi takbirdan so‘ng marhumning haqqiga duo qilish ham sunnatdir. 
Ushbu duoni o‘qishning ham zarari yo‘q. Ammo to‘rtinchi takbirdan keyin duo o‘qilmaydi, 
balki salom beriladi. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling