Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Qazo namozlarini o‘qishlik joiz bo‘lmaydigan vaqtlar
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasal kishining namozi
Qazo namozlarini o‘qishlik joiz bo‘lmaydigan vaqtlar Uchta vaqtda qazo namozlarini o‘qishlik joiz emas: 1. Quyosh chiqayotgan vaqtdan to bir nayza bo‘yi ko‘tarilgunga qadar. Bu taqriban yarim soatni o‘z ichiga oladi. 2. Qiyom vaqti. Quyosh tikkaga kelgan vaqtdan to yarim soat o‘tgunga qadar. Buning tafsiloti oldin o‘tgan edi. 3. Quyosh botayotgan vaqtdan boshlab to botib ketgunga qadar. Bu ham taqriban yarim soatni o‘z ichiga oladi. Mana shu uch vaqtdan boshqa paytlarda qazo namozini o‘qish joiz bo‘ladi, garchi bomdod namozi bilan asr namozini o‘qigandan so‘ng ham qazolarni o‘qish mumkindir. Lekin ushbu bomdoddan keyingi va asrdan so‘nggi vaqtlarda mutlaq nafllarni o‘qishlik ma’qul emas. U nafllar xoh tahiyyotul masjid bo‘lsin xoh tahoratdan keyin o‘qiladigan nafl bo‘lsin farqi yo‘q. Baribir makruh bo‘ladi. Kasal kishining namozi Islom yengillik dinidir. Bu dinda musulmonlar noilojlikka solib qo‘yilmaydi. Ular qodir bo‘lmaydigan ibodatlarga buyurilmaydi. Shu bilan birga Islomda namozga qattiq e’tibor beriladi va uni ado qilish uchun turli choralar topib beriladi. Aslida kasal kishiga agar toqati ko‘tarsa, namozni biz yuqorida zikr qilib o‘tgan suratda ado qilishi uchun ruxsat beriladi. Ammo qiyom turishdan ojiz bo‘lsa yoki kasali kuchayib ketishidan xavf qilsa yo shifoning kechikishiga shu qiyom turishi sabab bo‘lsa, u holda o‘tirib namoz o‘qiydi. Lekin ruku’ va sajdalarni to‘la qiladi. Agar ruku’ va sajdaga ham qodir bo‘lmasa, xuddi tashahhudda o‘tirgani kabi chap oyog‘ini to‘shab, o‘ng oyog‘ini tik qilgan holda o‘tiradi. Bu eng afzalidir. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, xohlagan suratda o‘tiradi va ruku’ hamda sajdalarni boshi bilan ishora qiladi. Bunda ruku’ uchun boshini ozroq egsa, sajda uchun ko‘proq egadi. Agar sajdaga ojiz bo‘la turib ruku’ga qodir bo‘lsa ham, baribir ikkisi uchun ishora qiladi. Sajdaga imkoni yo‘q kasalning ishora bilan qilgan sajdasi kifoya qiladi. Ammo uning sajda qilishi uchun biror narsani yuzi barobar ko‘tarib qo‘yish joiz emas. Imo-ishora bilan namoz o‘qishlik tik turgan holda ham, o‘tirgan holda ham durustdir. Lekin kasal kishining o‘tirib, imo-ishora bilan namoz o‘qishi afzal hisoblanadi. Agar sajda qilishga ojiz bo‘lsa, undan qiyom turishlik ham soqit bo‘ladi. Agar kasalga o‘tirish ham mashaqqat bo‘lsa, u o‘ng tomon bilan qiblaga yuzlangan holda yonboshlab yotadi, shu afzalidir. Bo‘lmasa, chalqanchasiga yotib, oyoqlarini qibla tomonga uzatadi, tizzasini esa bir oz bukib oladi. Boshni bir oz ko‘tarish uchun orqaga yostiq qo‘yiladi. Bu holat yonboshlashdan ko‘ra afzalroqdir. Shu holda imo-ishora qilib namozni o‘qiydi. Agar bunday turishga ham qodir bo‘lmasa, o‘ziga qulay bo‘lgan suratda o‘rnashib, ishora bilan namozini o‘qiydi. Agar sog‘lom kishi namoz asnosida kasal bo‘lib, alamdan qiyomga qodir bo‘lmay qolsa, o‘sha zahoti o‘tirib, ishora bilan namozni Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling