Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
175 Ixlos uch narsa bilan mukammaldir: – namoz bilan Alloh taoloning roziligini talab qilish, odamlarning rizosini emas; – tavfiqni Allohdan deb bilmoq; – namozni qiyomatgacha (ya’ni, o‘lgunicha) saqlamoq, zero, Alloh taolo: "Kim bir yaxshilik keltirsa..." dedi, "Kim bir yaxshi amal qilsa", demadi. Demak, amalni saqlab borish zarur. Namozxon nima qilayotganini va amalining miqdorini bilmog‘i lozim. Chunki namozda amal va zikrlarning eng yaxshisi jamlangandir. Agar banda namoz o‘qimoqqa tursa va "Allohu akbar" desa, Alloh taolo: "Bandam Meni hamma narsadan buyuk ekanimni bildi va Menga yuzlandi", deydi. Ikki qo‘lini ikki qulog‘icha ko‘tarishining ma’nosi Allohni har qanday sherikdan poklamoqdir. Keyin "subhanakallohumma va bihamdika"ni aytadi. Uning ma’nosi – Alloh har bir yomonlik va noqislikdan pok va hamd Sen uchundir; "va tabarokasmuka" – isming barakotli, ulug‘ bo‘ldi; "va ta’ala jadduk" – azamating va qudrating oliy bo‘ldi; "va la-a ilaha g‘oyruk" – Sendan boshqa yaratuvchi ham, rizq beruvchi ham, iloh ham yo‘qdir, azalda ham bo‘lmadi, qolganda ham bo‘lmaydi. Keyin "A’uzu billahi minash-shaytonir rojim", deydi, ya’ni, la’natlangan shaytondan, uning fitnasidan panoh so‘raydi. "Bismillahir rohmanir rohim"ni aytadi. "Bismillah" – eng avval, oldin ham, keyin ham undan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan zot nomi bilan; "rohman" – hamma xalqiga shafqat bilan rizq beruvchi; "rohim" – faqat mo‘minlarga yaxshilik qiluvchi. Keyin Fotihai kitobni oxirigacha o‘qiydi, ya’ni, meni g‘azab duchor bo‘lganlardan (ular yahudiylar), adashganlardan (ular nasorolar) qilmagan, balki nabiylari yo‘liga boshlagan Zotga hamd bo‘lsin, deydi. Keyin ruku’ qilganda, fikr etadi. Go‘yo aytadiki, ey Parvardigor, men Sening qudrating oldida bo‘ysunaman, osiy nafs bilan Senga keldim va Sening azamating uchun bo‘ysundim, shoyad mendan o‘tgan gunohlarni kechirib, menga rahmat qilsang. Keyin ulug‘ Parvardigor va karim Mavloga tazarru’ qilgan holda "Subhana robbiyal a’zim" deydi. So‘ng boshinni ko‘tarib, "Sami’allohu liman hamidah" (kim Allohga hamd aytsa, uni Alloh eshitadi) deydi. Keyin "Robbana lakal hamd", deydi va buning ma’nosi – "bizni bu ishga muvaffaq qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin". Keyin sajda qiladi. Sajdaning ma’nosi xorlik, taslim bo‘lish va tavoze’ga moyil bo‘lishdir. Sajda qilgan odam, ey Rabbim, Sen mening yuzimni chiroyli qilib qo‘yding, ko‘z, quloq, til berding, bu narsalar menga sevimli va foydaliroqdir, bu a’zolar bilan Sening oldingga keldim va qudrating oldiga ularni qo‘ydim, shoyadki menga rahm qilsang, degan ma’noda sajda qiladi. So‘ng "Subhana rabbiyal a’la" deydi. Ma’nosi – "mening Rabbim pok bo‘ldi va Undan oliy hech narsa yo‘qdir". Tashahhudda o‘tirsa "attahiyyot"ni o‘qiydi. "Attahiyyatu lillahi" – mulk, hamd va sano Alloh uchun. Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Johiliyat zamonida sanamlar bor edi. Odamlar sanamlarga, senga abadiy hayot bo‘lsin, derdi. Alloh taolo namoz ahliga Alloh uchun tahiyyot aytib, sanamlarni yolg‘onga chiqarmoqni buyurdi". Keyin "vas-solavat"ni aytadi, ya’ni, besh vaqt namoz Alloh taolo uchun. Namozni faqat Alloh uchun o‘qimoq lozim. "Vat-toyyibat" – Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling