Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
258 maloikalarning nazdida ham ulug‘ bo‘ladi, Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi dengizning ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti ham yaxshi holda bo‘ladi. 1. Har ishni "bismilloh" bilan boshlasa. 2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin alhamdulillah, desa. 3. Agar tiliga ozmi-ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin astag‘furulloh, desa. 4. Agar ertaga bu ishni qilaman desa, ketidan inshaalloh so‘zini aytsa. 5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil azim, desa. 6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat tushsa, inna lillahi va inna ilayhi roji’un, desa. 7. Va kecha-yu kunduz tilidan la-a ilaha illalloh kalimasi tushmasa. 642. Amr ibn Dinor Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar: "Bizlarga Maoz ibn Jabaldan (r.a) eshitgan bir kishi aytdiki: "Maozga o‘lim kelganida: "Ustimni ochib qo‘yinglar, – dedilar. Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganim hadisni sizlarga aytib bermoqchiman, shu paytgacha uni aytib yurganlaringiz uchun men indamagan edim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Kim la-a ilaha illalloh kalimasini ixlos qilgan holatda aytsa, jannatga kiradi", degan edilar". 643. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga o‘lim vaqtida la-a ilaha illalloh so‘zini talqin qilinsa, jannatga kiradi". 644. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlari rivoyat qilingan: "Kimning dunyodagi oxirgi kalomi la-a ilaha illalloh bo‘lsa, jannatga kiradi". 645. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga Nuh (a.s.) o‘g‘illariga buyurgan ishning xabarini beraymi? Nuh (a.s.) : "Ey o‘g‘licham, senga ikki ishni buyurib, ikki ishdan qaytaraman, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu so‘zini aytishga buyuraman. Chunki osmon va yer torozining bir pallasiga qo‘yilsa, la-a ilaha illalloh ikkinchi pallasiga qo‘yilsa, shahodat kalimasi og‘ir keladi. Va yana subhonallohi va bihamdihni aytishni buyuraman. Chunki u maloikalarning saloti, maxluqotning duosi. Va xalq uning bilan rizqlanadi. Seni Alloh taologa biron narsani sherik qilishdan qaytaraman. Chunki kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Va yana seni kibrdan qaytaraman. Chunki kishining qalbida xardalning urug‘ichalik kibr bo‘lsa, jannatga kirolmaydi", dedilar". 646. Xabarda rivoyat qilinishicha, "Kim ixlos qilgan holda la-a ilaha illalloh desa, jannatga kiradi". Bu so‘zda ixlos kalimasi shart qilindi. Agar ixlosi gunohlardan qaytarmasi, u haqiqiy ixlos bo‘lmaydi, agar so‘zi (ya’ni, shahodati) uni gunohlardan qaytarmasa, u ixlos haqiqiy emas. Va yana qo‘rqish lozimki, bu so‘z, ya’ni, ixlos kalimasi omonatga berilgan narsadir, zero, omonat qaytarib olinishi ham mumkin. Faqih aytadilar: Odamlar imonlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Ulardan ba’zilariga imon atoi ilohiy va ba’zilariga oriyatga (ya’ni, foydalanib turishga – muh.) berilgan bo‘ladi. Ilohiy berilgan imoni uni gunohdan man’ etadi va toatlarga targ‘ib qiladi. Ammo oriyatga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling