Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
ELLIK OLTINCHI BOB
QUR’ON FAZILATLARI HAQIDA 650. Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) aytadilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): "Qur’on shafoat qiluvchi va mushaffi’, mohil va tasdiqlovchidir, kim uni o‘ziga imom qilib olsa, Qur’on uni jannatga yo‘llaydi. Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa, do‘zaxga haydaydi", dedilar. Faqih aytadilar: "Shafoat qiluvchi va mushaffi’" egasini shafoat qilishni so‘raydi, degani. "Mohil"ning ma’nosi – harakat qiluvchi, ya’ni, egasi uchun harakat qiladi va uning so‘zini Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 260 tasdiqlaydi. "Kim uni o‘ziga imom qilsa", ya’ni, uni o‘qisa, unga amal etsa, "Qur’on uni jannatga yetaklaydi". "Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa", ya’ni, unga jafo qilib, uni o‘qimasa, amal etmasa, qiyomat kuni uni "do‘zaxga haydaydi". 651. Nofe’ ibn Abdulhars Umarning (r.a.) Makkadagi ish boshqaruvchisi edi. U Hazrati Umarni kutib olish uchun chiqdi. Hazrati Umar unga: "Makkaga kimni hokim qilib kelding?" dedilar. "Abdurahmon ibn Abu Abzoni", deb aytdi. Umar (r.a.): "Qurayshiylarga qullari bo‘lgan kishini hokim qilib keldingmi?" deb so‘radilar. "Ey mo‘minlarning amiri, – dedi u, – men odamlarning ichida eng yaxshi Qur’on o‘qiydigan kishini o‘rnimga qo‘ydim". Umar (r.a.) aytdilar: "Ha, albatta, Alloh taolo Qur’on bilan kishilarning darajasini ko‘tardi va ba’zi kishilarning darajasini past qildi. Albatta, Abdurahmon ibn Abu Abzo ham Alloh taolo Qur’on bilan darajasini ko‘targanlardandir". 652. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Albatta, bu Qur’on Allohning ziyofatidir. Allohning ziyofatidan qodir bo‘lganlaringcha olinglar. Albatta, bu Qur’on Allohning mustahkam arqoni, nuri mubin, shifoi nofe’, kim uni ushlasa, saqlanadi, unga ergashgan kishi najot topadi. Egri emaski, to‘g‘rilansa, xato emaski, to‘g‘ri yo‘lga solinsa. Uning ajoyibotlari tugamaydi, takror qilishlik bilan eskirmaydi. Uni tilovat qilinglar, chunki Alloh taolo har bir harfining tilovati uchun sizlarga o‘nta savob beradi. Men "Alif-lom-mim"ga o‘n savob beriladi, demayman, balki "alif"ga o‘nta, "lom"ga o‘nta, "mim"ga o‘nta savob beriladi". 653. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning naql qiladilar: "Kim mo‘min birodaridan dunyo g‘amining bittasini ketkizsa, Alloh taolo undan oxirat g‘amlaridan bir g‘amni ketkizadi. Kim dunyoda qiyinchilik tushgan kishining ishini yengil qilsa, Alloh taolo uning dunyoyu oxiratdagi ishini yengillashtiradi. Alloh bandaga yordamda bo‘ladi, modomiki, u muslim birodariga yordamda bo‘lsa. Kim ilm izlanadigan yo‘lda yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi. Qaysi qavm Alloh uylaridan birida Allohning kitobini tilovat etish uchun yig‘ilishsa va o‘zaro dars qilishsa, ularning ustiga sakinat tushadi, rahmat qoplaydi, ularni maloikalar halqa qilib o‘rab oladi va Alloh taolo o‘z huzuridagilar orasida ularni zikr qiladi". 654. Yazid ibn Abu Hubayb Payg‘ambar alayhicsalomdan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhicsalom aytdilar: "Kim Qur’onni yod olsa, Alloh taolo uning ota-onasidan azobni yengillashtiradi, garchi ular kofir bo‘lsalar ham". 655. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni o‘qisa, uning ikki tomonidan nubuvvat chiqqandek bo‘ladi, lekin unga vahiy qilinmaydi. Kim Qur’onni o‘qisa, so‘ngra Allohning bandalaridan biriga berilgan narsani o‘ziga berilgan narsadan afzal bilsa, Alloh taolo ulug‘ qilib bergan narsani haqir sanabdi". Qur’on yodlagan kishi johillik qilganga johillik, dushmanlik qilgan kishiga dushmanlik qilishi joiz emas, balki afv etish va kechirib yuborish lozimdir. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Qur’onni yodlagan kishi quyidagi narsalar bilan boshqalardan farq qilishi kerak: Kechalari odamlar uxlagan vaqtda bedor bo‘lishi, kunduzi odamlar og‘zi ochiq bo‘lganlarida ro‘za tutmog‘i, odamlar xursand bo‘lganlarida u mahzun bo‘lmog‘i, odamlar kulganlarida yig‘lamog‘i va odamlar mutakabbirlik qilganlarida o‘zini past olmog‘i". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling