Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“So‘ngra ana o‘sha kunda, albatta (hayoti dunyoda sizlarga ato etilgan barcha)
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“So‘ngra ana o‘sha kunda, albatta (hayoti dunyoda sizlarga ato etilgan barcha)
ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar” (Takasur surasi, 8-oyat), degan so‘zi haqida so‘rashdi. U kishi aytdilar: “Bu ne’matlar yaxna ichimlik, salqin maskanlar, to‘ygan qorinlar, qomatning to‘g‘ri bo‘lishi va uyqu lazzatlaridir”. Iso ibn Maryamdan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi bir kuni sahobalarining oldiga chiqdilar. Egnilarida jundan bo‘lgan qattiq kiyim va yopinchiq bor edi. Sochlari qirilgan, mo‘ylovlari olingan edi. Ochlikdan ranglari o‘zgarib, yig‘lagan, chanqoqlikdan lablari qurigan, ko‘krak va bilaklaridagi mo‘ylari o‘sgan edi. Shunda u zot dedilar: “Men Allohning izni bilan dunyoning manzilatini belgiladim Bunga ajablanmanglar ham, faxrlanmanglar ham, ey Bani Isroil. Dunyoni yengil sananglar, shunda sizlarga u yengil bo‘ladi. Dunyoni past bilinglar, oxirat diyori sizlarni ikrom etadi. Oxiratni qadrlanglar, bu dunyo sizlarni qadrlaydi. Dunyo mukarram zotlar diyori emas. U har kuni fitna va Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 276 xasratga chaqiradi”. Keyin yana aytdilar: “Agar sizlar mening hamsuhbatlarim, sahobalarim bo‘lsangizlar, nafslaringizga dushmanlik qilish va dunyodan g‘azablanishda qattiq turinglar. Agar sizlar bu ishlarni bajarmasanglar, mening sahobalarim va birodarlarim emassizlar. Ey Bani Isroil, masjidlarni uyingiz kabi saqlang. Qabrlarga doimo borib turing. Mehmon qancha izzatlanishi lozim bo‘lsa, shuncha izzatlang. Ko‘rmaysizlarmi osmondagi qushlarni, ular ekmaydilar ham, o‘rmaydilar ham. Allohga qasamki, ular osmonda yurib, rizqlarini topadilar. Ey bani Isroil, arpa nondan, mevasabzavotlardan yeb turinglar. Bilinglarki, sizlar hech qachon o‘sha narsalarning shukrini ado qila olmaysizlar. Shunday ekan, bulardan-da, yuqoriroq ne’matlarning shukrini qanday ado etasizlar!” Sa’d ibn Jubayr aytadilar: “Birinchi bo‘lib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir”. Faqih aytadilar (Alloh rahmat qilsin): “Bilingki, hamd va shukr avvalgilaru oxirgilarning ibodatidir. U maloikalarning ibodati, payg‘ambarlarning ibodati, yer ahlining ibodati, jannat ahlining ibodati. Payg‘ambarlarning ibodati ekani shuki, Odam (alayhissalom) aksa urganlarida, “alhamdulillah”, dedilar. Nuhning (alahissalom) qavmi suvga g‘arq bo‘lib, u kishi bilan bo‘lgan mo‘minlar najot topganidan keyin Alloh taolo hamd aytmoqni buyurgan edi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling