Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Barcha namozlarni, xususan, o‘rta namozni saqlangizlar”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Barcha namozlarni, xususan, o‘rta namozni saqlangizlar” (Baqara, 238-oyat).
Keyin yana davom etdilar: “Shom namozi Alloh Odam alayhissalomning tavbasini qabul qilgan soat. Qaysi mo‘min bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Alloh taolodan biror narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘raganini beradi. Albatta, qabr qorong‘udir, qiyomat kuni ham qorong‘ulik. Qaysi mo‘min kechaning qorong‘usida xufton namozi uchun yurib borsa, Alloh taolo unga ikkita ozodlikni beradi. Birinchisi, do‘zaxdan ozodlik, ikkinchisi munofiqlikdan ozodlik”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 314 “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad”, deyishdi yahudiylar. So‘ngra yana savol qilishdi: “Nima uchun Alloh taolo ummatingga o‘ttiz kun ro‘zani farz qildi?” “Odam (alayhissalom) o‘sha daraxtning mevasidan yeganida, u narsa qornida o‘ttiz kun saqlangan edi. Shuning uchun Alloh taolo farzandlariga o‘ttiz kun och yurishni farz qildi, kechqurun esa, marhamati ila taom yeyishga izn berdi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad, bu ro‘zani tutgan ummatingga qanday savoblar bor?” deyishdi keyin. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi banda ramazon oyida chin qalbdan ro‘za tutsa, Alloh taolo unga yetti xislat beradi: jasadidagi harom go‘shtlarni eritadi, rahmatiga yaqinlashtiradi, amallarning yaxshisini beradi, ochlik, chanqoqlikdan omon saqlaydi, qabr azobidan asraydi, qiyomat kunida sirotdan o‘tish uchun nur beradi, jannatda ikrom qiladi”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad! – deyishdi yahudiylar. – Endi payg‘ambarlardan ortiqliging nimada ekanini ayt-chi!?” Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Har bir payg‘ambar o‘z qavmini badduo qilgan. Men esa, duoimni (ya’ni, shafoatni) ummatim uchun saqlab qo‘yganman”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad (s.a.v.) shohidlik beramizki, Allohdan boshqa hech qanday iloh yo‘q va sen Allohning elchisidirsan”, deyishdi yahudiylar. Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: “Musoga (alayhissalom) nozil qilingan narsaning ba’zilarini o‘qidim. Unda: “Ey Muso, Muhammad va uning ummati ikki rak’at namoz o‘qishadi. U bomdod namozidir. Kim uni o‘qisa, kunduz va kechasida qilgan gunohlarini kechirdim va u Mening himoyamda bo‘ladi. Ey Muso! Muhammad va uning ummati to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U peshin namozidir. Uning birinchi rak’ati bilan ularni mag‘firat qilaman, ikkinchi rak’ati bilan ularning tarozularini og‘ir qilaman, uchinchi rak’ati bilan ularga bir farishtani vakil qilamanki, ular uchun tasbeh va istig‘for aytib turadilar. To‘rtinchi rak’ati bilan ularga osmon eshiklarini ochaman, ular Hurul ‘iynlarga musharraf bo‘lishadi. Ey Muso, Muhammad (s.a.v.) va uning ummati yana to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U asr namozidir. Osmon va yerda biron farishta qolmasdan ularga istig‘for aytadi. Kim uchun maloikalar istig‘for aytsa, uni azoblamayman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati quyosh botgan vaqtda uch rak’at namoz o‘qishadi. Ularga osmon eshiklarini ochaman, qaysi hojatlarini so‘rashsa, ularning hojatini beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati shafaq yo‘qolgan vaqtda to‘rt rak’at namoz o‘qishadi, bu dunyo va undagi bor narsalardan o‘sha to‘rt rak’at yaxshidir, onalaridan tug‘ilgan kundagidek gunohlaridan poklanadilar. Ey Muso, Ahmad va uning ummati buyurganimdek tahorat qiladilar, u suvdan sachragan har bir qatra barobarida Men ularga kengligi osmonu yerga teng bo‘lgan jannatni beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati har yili ramazon oyida ro‘za tutadi. Har kungi ro‘zasiga jannatda bir shahar beraman. Ularning nafl amallariga farz amallarining ajrini beraman. Laylatul qadr kechasida kim gunohlariga pushaymon bo‘lib, qalbdan sodiq istig‘for so‘rasa, keyin shu kecha yoki shu oyda vafot etsa, unga o‘ttiz shahidning ajrini beraman. Ey Muso! Muhammadning (s.a.v.) ummatida shunday kishilar borki, ular ulug‘ martabada turadilar va “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik beradilar. Ularning mukofoti payg‘ambarlarning mukofoti kabidir. Mening rahmatim ularga vojib va g‘azabim ulardan uzoqdir. Modomiki “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik berib tursalar, ulardan hech biriga tavba eshigini berkitmayman”, deb yozilgan edi”. 810. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kuni chaqiriladigan birinchi kishi Nuh (alayhissalom) va uning ummatidir. Keyin u kishidan: “Sen bilan yuborilgan narsani yetkazdingmi?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, ey Rabbim”, deydilar. Keyin qavmiga aytiladi: “Sizlarga Nuh Allohning risolatini yetkazdimi?” “Yo‘q, Allohga qasamki, agar bizlarga elchi yuborganingda, albatta, Sening |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling