Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O‘zing
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O‘zing
xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga o‘zing bizni g‘olib qil!” (Baqara, 285 – 286-oyatlar), dedim. Keyin Alloh taolo: “Bu ham sizga, “Agar sizlardan yigirmata sabr-qanoatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar” (Anfol, 65-oyat), dedi”. 807. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘amg‘ar (s.a.v.) aytdilar: “Boshqa payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa menga berildi: butun ins- jinlarga elchi qilib yuborildim; men uchun yer yuzi masjid va poklovchi qilindi; (dushmanga) bir oylik masofadan qo‘rquv solish bilan menga madad berildi; men uchun o‘ljalar halol qilindi va menga shafoat qilish huquqi berildi, uni ummatim uchun saqlab qo‘ydim”. 808. Faqih aytadilar: “Umar ibn Xattobning (r.a.) bir yahudiyda haqi bor edi. Umar (r.a.) uni topib: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagan zotga qasamki, menga beradiganingni bermaguningcha sendan ajramayman”, dedilar. Yahudiy aytdi: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q”. Umar (r.a.) shunda yahudiyning yuziga shapaloq tortib yubordilar. Yahudiy: “Sen bilan mening oramni Abul Qosim ochadi”, dedi. Ikkalasi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelishdi. Yahudiy aytdi: “Umar, Alloh seni insoniyatga payg‘ambar qilib tanladi”, deb da’vo qildi. Men esa, seni Alloh taolo insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q, dedim. Shunda u meni bir tarsaki urdi”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Umar, tarsaki uchun uning roziligini ol”, dedilar. So‘ngra: “Ha, ey yahud, Odam (alayhissalom) Alloh safiysi, Ibrohim (alayhissalom) Allohning do‘sti, Muso (alayhissalom) Allohning payg‘ambari, Iso (alayhissalom) Allohning ruhi va men Allohning habibi bo‘laman. Ey yahud, ummatim Allohning ikki ismi bilan nomlandi. Alloh o‘zini salom deb atadi va ummatimni musulmonlar dedi. O‘zini mo‘min deb atadi va ummatimni mo‘minlar dedi. Ey yahud, bizlar uchun saqlab qo‘yilgan kunni (ya’ni, juma kunini) istadinglar, ammo bu kun bizlarniki, ertasi sizlarniki va indingi kun nasorolarniki bo‘ldi. Ey yahud, siz birinchi edingiz, biz oxir, qiyomat kuni esa, biz birinchilarmiz. Ey yahud, men kirmagunimcha jannat barcha payg‘ambarlarga haromdir. Ummatim ham jannatga kirmagunicha hamma ummatlarga haromdir”, dedilar yana Rasululloh (s.a.v.)”. Ka’bul Ahbor aytadilar: “Alloh taolo bu ummatni payg‘ambarlarni ikrom qilgan uchta narsa bilan ikrom qildi: 1. Har bir payg‘ambarni qavmiga guvoh qildi, bu ummatni esa, butun odamlarga. 2. Alloh payg‘ambarlariga aytdi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling