Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
310 YETMISH IKKINCHI BOB MUHAMMAD (ALAYHISSALOM) UMMATLARINING FAZLI 805. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi ila Muqotil ibn Sulaymondan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Rabbim, men sahifalarda shafoat qiluvchi va shafoat qilinuvchi bir ummat yozilganini ko‘rdim. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummati”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatning gunohlariga besh vaqt namoz kafforat ekanini ko‘rdim. Shu kishilarni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular adashganlarni, hattoki, bir ko‘zli Dajjolni o‘ldiradi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular suv va tuproq bilan poklanyapti. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular sadaqalarni olishmoqda, vaholanki, avvalgilar u sadaqani yondirishar edi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim, agar ular bir yaxshilikni niyat qilishsa, garchi uni bajarmasalar ham, ularga bitta yaxshilik yoziladi. Agar bajarsalar, o‘ntadan yetti yuztagacha yoki undan-da ko‘paytirib yoziladi. Agar ulardan birontasi bir yomon ishni xohlasa, lekin qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar uni amalga oshirsa, bitta yomonlik yoziladi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummatidir”, dedi.* Mu’ammar ham Qatodadan shunga o‘xshash rivoyatni keltirgan. Faqat quyidagicha ziyodasi bor: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular ummatlarning yaxshisi ekan. Yaxshi amallarga buyurib, yomonlaridan qaytaradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ular dunyoda oxirgilar, qiyomatda oldingilar ekan. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Musa (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ularning kitoblari qalblarida, qarab turib o‘qiyveradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh taolo: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Hatto keyin Muso (alayhissalom) ham Muhammadning (s.a.v.) ummatidan bo‘lishni orzu qilib qoldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy yubordi: ____________ * Bu rivoyat mavzu’-to‘qilgandir. Chunki Muqotil ibn ibn Sulaymonni muhaddislar yolg‘onchi deyishgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling