Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Posbonlik fazilati bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- YETMISH BIRINCHI BOB CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI
Posbonlik fazilati bobi hadislari
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 308 787-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 788-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 789-hadis. Mavzu’. Abu Xotim uning asli yo‘qligini aytgan. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 790-hadis. Isnodi noma’lum. 791-hadis. Ibn Muborak rivoyat qilgan. 792-hadis. Shohidlarga ko‘ra, hasan. Ahmad rivoyat qilgan. “Sahihul-jome’”ga qarang. YETMISH BIRINCHI BOB CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI 793. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi orqali Jobir ibn Zayddan rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: “Men Payg‘ambar (s.a.v.) ashobidan bir kishi bilan kamonda otishib turardim. Bir kun bormadim. Keyingi safar u kelmaganim sababini so‘radi, men uzrimni aytdim. U: “Seni kamon otishga undaydigan hadisni aytaymi?” dedi. Men: “Ha” dedim. U aytdi: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo bir o‘q bilan uch nafar kishini jannatga kirgizadi: otuvchini, otganini tekshirib turuvchini va uni kuchaytiruvchini”, deb aytganlarini eshitganman. Nabiy (s.a.v.) yana: “Otinglar va mininglar. Kamondan otganlaringiz chavandozliklaringizdan sizlar uchun yaxshi va menga sevikliroqdir. Mo‘min o‘ynaydigan har bir (bekorchi) o‘yin botildir. Faqat uchtasi: kamoningdan otishing, otingni tarbiyalashing va ahling bilan xursandchilik qilishing (botil emas), balki haqdandir”, deb aytganlar”. Makhul aytadilar: “Umar (r.a.) Shom ahliga xat yuborganlarida: “Farzandlaringizga suzishni, otishni va chavandozlikni o‘rgatinglar. Nishonlar orasida yashirinishga ham buyuringlar”, deb yozganlar”. Mujohid aytadilar: “Ibn Umarni (r.a.) ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mustahkamlayotganlarini ko‘rdim”. Huzayfa (r.a.) bir ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mahkamlardilar. 794. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dga Uhud jangida: “Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin”, degan edilar. 795. Faqih (r.a.) aytadilar. Bu xabarda kamondan otishning fazli bayon qilinyapti. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’ddan boshqa hech kimga, ota-onam senga fido bo‘lsin, demaganlar. U kishi kamonchi, bo‘lgani uchun aytgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dni: “Ey Parvardigor, uning otganini nishonga tekkiz va duosini ijobat qil”, deb duo ham qilgan edilar. 796. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Tuya ahliga izzat, qo‘y barakadir, otning yollariga qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘langan”. 797. Boshqa xabarda kelishicha, “Izzat otning yollaridadir”. 798. Amr ibn Abasa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Alloh yo‘lida o‘q otsa, u qulni ozod etgan kabidir”. 799. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlar uchun yer yuzi fath etiladi va oziq- ovqat ko‘payadi. Shunda sizlardan hech kim kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishdan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 309 ojiz qolmasin”. Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Nishon jannat bog‘laridan bir bog‘, mo‘ljalga otuvchi dushmanga qarab otuvchi va unga o‘qni qaytarib olib keluvchining har bir qadami bir qul ozod qilish kabidir”. 800. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) minbarda turib: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling