Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
305 776. Salmon Forsiy (r,a.) aytadilar: "Kechasi sohil bo‘yida chegarani qo‘riklash kishiga ro‘za tutganidan va ahlida bir oy qoim turganidan yaxshidir Alloh yo‘lida dushmanga qarshi chegarada qurol olib turganida o‘lsa, Alloh uni kabr fitnasidan mudofaa qiladi va uni katta qo‘rqinchdan omon saqyaaydi. Amali uchun kecha-kunduz qiyomatgacha ajr berib turadi. 777 Ubayd ibn Umayr otasining shunday rivoyat qilganini aytadilar: "Payg‘ambardan (s.a.v.) "Islom nima?” deb so‘rashdi. "Yaxshi gapirish, ochlarga taom va salomni yoyish", dedilar. "Qaysi Islom Islom yo‘lida qilingan amallarning qaysilari afzal?" deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): "Qo‘lidan va tilidan insonlarning omonda bo‘lishi", dedilar. Keyin: "Qaysi namoz afzal?" deyishdi. "Uzun qiyom", dadilar. "Kaysi saddaqa afzal?" deb so‘rashdi so‘ng. "Kambag‘alliqdagisi", dedilar. "Qaysi iymon afzal?" deb so‘rashganda, "Sabr va bag‘rikenglik", deb javob berdilar. "Qaysi jang afzal?" deb so‘rashdi keyin. Nabiy: "Kimning oti yarador bo‘lsa va uning qoni oqsa", dedilar. "Qullarning qaysisi afzal?" deb so‘rashgan edi, "Puli qimmatrog‘i", dedilar Nabiy (s.a.v.)". 778. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh taoloning yo‘lida ketayotganida ko‘tarilgan chang bilan jahannam tutini musulmon bandaning dimog‘ida birga bo‘lmaydi". 779. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Qiyomat kuni uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar yig‘laydi: Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, Alloh harom etgan narsalardan tayilgan ko‘z, Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘z". 780. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Menga ummatimdan jannatga birinchi kiradigan hamda do‘zaxga kiradigan uch kishi ko‘rsatildi. Jannatga kiruvchi Uch kishi - shahid, qulligi Alloh taologa ibodat qilishdan to‘sib qo‘ymagan qul va bola-chaqasi bor pokdomon faqir. Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiruvchi uch kishi zolim amr,Allohning haqqini ado qilmaydigan kishi va kibrli kambag‘al". “Nega undan yuz o‘girdingiz?” deb so‘rashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, uning Hurul ‘iyn juftlari shoshayotganini, hatto bilakuzuklari ochilib ketganini ko‘rdim”. 783. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hech qaysi banda o‘lganidan keyin dunyoga qaytishni orzu qilmaydi. Agar dunyo va undagi narsalar berilsa ham, uning uchun Allohning dargohi yaxshi. (Ya’ni, dunyoga qaytishni o‘limdan xavfsiragani uchun jamiki dunyo berilsa ham, umid qilmaydi). Magar shahidgina shahodatning fazilatini bilgani uchun dunyoga qaytishni va yana bir bor o‘ldirilishni orzu qiladi”. Said ibn Jubayr (r.a.) Allohning: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling