Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haj fazilati bobi hadislari
“Osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik
qoldilar)” (Zumar, 68-oyat), degan so‘zi haqida: “ular arsh atrofida qilichlarini yalong‘ochlab turgan shahidlardir”, deb aytganlar. 784. Hasan Basriy (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Allohdan shahidlikni so‘rasa va o‘lsa, unga shahidning ajri beriladi”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 306 Ibn Mas’ud (r.a.) Alloh taoloning: “Yo‘q, ular tirikdir, u zotlar alloh o‘z fazli karami bilan bergan ne’matlaridan xushnud hollarida bahramand bo‘lmoqdalar” (Oli Imron, 169-oyat), degan so‘zi haqida aytadilar: “Ularning ruhlari ko‘k qush ko‘rinishida bo‘lib, jannatning xohlagan joyida uchib yurishadi, so‘ng arsh tagidagi osilgan qandillarga joylashishadi”. 785. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilib aytadilar: “Kim Alloh yo‘lida bir tuya sog‘ib olingancha vaqt urushsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Alloh taolodan samimiy, sodiq holda shahidlikni so‘rasa, so‘ng o‘lsa yoki o‘ldirilsa, unga shahidning ajri bo‘ladi Kim Alloh yo‘lida jarohat olsa yoki bir baxtsizlikka yo‘liqsa, qiyomat kuni rangi za’farondek, hidi mushkdek holda keladi”. 786. Hasan Basriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni to‘rt ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar yig‘laydi: Alloh yo‘lida o‘yib olingan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib yosh oqizgan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib, kechasi bedor o‘tgan ko‘z va musulmonlarning orqasida qo‘shinni qo‘riqlab, tong ottirgan ko‘z”. __________________ Haj fazilati bobi hadislari 761-hadis. Sanadida zaiflik bor. 762-hadis. Sanadida zaiflik bor. 763-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 764-hadis. Mutt afaqun alayh. 765-hadis. Mursal sahih. Imom Molik “Muvatto”da rivoyat qilgan. 766-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Bayhaqiy va Hokim rivoyat qilgan. 767-hadis. Unda zaiflik bor. 768-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 769-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 770-hadis. Iroqiy uni g‘arib hadis, degan. 771-hadis. Muttafaqun alayh. 772-hadis. Zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Az-za’iva”ga qarang. 773-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy, Hokim, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 774-hadis. Avvali sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan. Oxiri mavsul. 775-hadis. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. 776-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 777-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan. 778-hadis. Sahihi. Nasoiy, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan. 779-hadis. Juda zaif. Asbahoniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 780-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim, Tiyolisiy rivoyat qilgan. 781-hadis. Muttafaqun alayh. 782-hadis. Hokim uni sahih degan. 783-hadis. Muttafaqun alayh. 784-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan. 785-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan. 786-hadis. Mursal. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling