Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Ular senga (ya’ni, sening da’vatinga javoban) yayov hollarida va yiroq
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Ular senga (ya’ni, sening da’vatinga javoban) yayov hollarida va yiroq
yo‘llardan keladigan oriq- holdan toygan tuyalar ustida kelurlar" (Haj, 27-oyat) degan kalomini eshitganman". Faqih aytadilar: "Agar yo‘l yaqin bo‘lsa, piyoda borishning zarari yo‘q va u afzaldir-yo‘l uzoq bo‘lsa, ulovda kelish afzal. Chunki boruvchi o‘zini charchatadi, qiynaladi, buziladi. Agar bunday holga tushishdan xotirjam bo‘lsa, piyoda borgani yaxshi. Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u kishi; «farishtalar hojilarni kutib oladi: tuya egalariga salom beradi, xachir va eshaqda kelganlar bilan so‘rishadi, piyodalarni quchoqlab oladi", deganlar. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 304 767. Zahhok Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Qay bir musulmon uyidan Alloh yo‘lini qasd qilib chiqsa, so‘ngra urushdan oldin ulovdan yiqilib yoki ilon chaqib o‘lsa, qanday holatda o‘lsa ham, u shahiddir. Kaysi musulmon uyidan Allohning haramini haj qilaman, deb chiqsa, ammo yetmasdan uni o‘lim olib ketsa, Alloh unga jannatni vojib qiladi". 768. Payg‘ambar (s.a.v.) yana bir hadislarida aytadilar: "Allohim, hojini va u istig‘for aytgan kishini mag‘firat qil". 769. Ato Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz boshqa masjidda o‘qiltan namozning mingtasiga to‘g‘ri keladi. Magar Masjidi harom bunday emas". 770. Boshqa xabarda aytiladi: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz, boshqa masjidlarda o‘qilgan namozlardan o‘n ming marta afzal zdi. Magaram Masjidi Haromdagisi emas. Masjidi Haromda o‘qshidgan namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan namozdan yuz ming marta ustun. Alloh yo‘lida o‘qilgan namoz yuz ming namozdan afzaldir". So‘ng Nabiy (s.a..v.): "O’sha narsadan Ham afzalroq narsani sizlarga aytib berayinmi? Kishi qorong‘i kechada turib, yaxshilab tahorat olsa va ikki rak’at namozni Alloh taolo huzuridagi narsani umid qilib o‘qisa (shu namozi afzaldir)", dedilar. Ibn Umar (r.a) aytadilar: "Paygambar (s.a.v.): beshta narsaning ustiga qurilgan: La-a ilaha illalloh va Muhammadur rasululloh, deb guvohlik berish, namoz o‘qish, zakot berish, ramazon oyida ro‘za tutish va Allohning uyini haj qilish", dedilar. 772. Said ibn Musayyab (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: "Alloh taolo uch nafar kishini bir kishining haji bilan jannatga kirgizadi. Vasiyat qiluvchini, uni bajaruvchini va uning nomidan haj qiluvchini. Umra ham xuddi shunday. Alloh bilguvchiroqlir", dedilar. 773. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahihsa nadsal ila Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Alloh yo‘lida (yurganda ko‘tarilgan) changlar bilan jahannamning tutuni bapdaning ichida hech kachon birga bo‘lmaydi. Bandaning qalbida hech qachon iymon va baxillik jamlanmaydi". 774. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh yo‘lida ertalab otlanib, kechqurun kaytish yer va undagi bor narsalardan afzaldir. Kishining safda turishi oltmish yillik ibodatdan yaxshi". 775. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar (s.a.v.) Abdulloh ibn Ravohani qo‘shin bilan jo‘natdilar. Juma quni edi, Ammo Abdulloh (r.a.), Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga juma namozini o‘qib, so‘ng sheriklarimga yetib olaman, deb o‘yladilar. Na-moz paytida Payg‘ambar (s.a.v.) u kishini ko‘rib qolib: "Nima bo‘ldi, birodarlaring bilan jo‘nab ketmadingmi?" deb so‘radilar. Abdulloh (r.a.): "Siz bilan juma namozini o‘qishni xohladim, birodarlarimga keyin yetib olaman", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda unga: "Agar yerdagi bor narsani infoq qilsang HAM, ularning jo‘nab ketishidagi fazilatni topa olmaysan", dedilar". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling