Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
319 uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi: – kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin; – kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin; – kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin; – kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga qarshi jihod qilsin; – kim sadaqa berib fazilatga erishishni xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan narsasidan ta’lim bersin; – kim haj yaxshiligini xohlasayu, qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin; – kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini tashlamasin; – kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va nafsiga rozi bo‘lgan narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin”. 831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: “Alloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido qiluvchi: “Fazilat egalari qaerda?” deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. “Jannatni xohlaymiz”, deyishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?!” deb so‘raydi. Ular: “Ha, oldin”, deyishadi. So‘ngra “Sizlar kimsizlar?” deb so‘raydi farishtalar. Ular: “Bizlar fazilat egalarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Dunyodagi fazilatingiz nima edi?” deb savol qiladi. Ular: “Agar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar yomonlik kelsa, uni kechirib yuborardik”, deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi nido qiladi: “Sabr ahllari qaerda?” Jannatni umid qilganlardan bir to‘dasi turadi. Ularga farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. Ular: “Jannatni xohlaymiz”, deb aytishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular: “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. “Bizlar sabr egalarimiz”, deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: “Sabrlaringiz nima edi?” Ular aytishadi: “Allohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik”. Farishtalar aytadi: “Jannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi yana nido qiladi: “Uyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar qaerda?” Bir to‘da jannatni xohlaganlar turadi. Farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deb so‘raydi. Ular aytishadi: “Jannatni xohlaymiz”. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. Ular: “Biz Allohning yeridagi qo‘shnilarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?” deb so‘raydi. “Bizlar Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir- birovlarimizni ziyorat qilar edik”, deyishadi. Farishtalar aytishadi: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi”. 832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: “Men uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman”. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Bir mil yurib borib, kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib, birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y”. Anas (r.a.) aytadilar: “Kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod qilganlik savobini beradi”. Abu Bakr Varroq aytadilar: “Alloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa–qalb, til, a’zolar va xulqning har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling