Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari
817-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang. 818-hadis. Muttafiqun alayh. 819-hadis. Zaif. “Al-majma’”ga qarang. 820-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 821-hadis. Isnodi noma’lum. 822-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 318 YETMISH BESHINCHI BOB NIZOLASHGANLAR O‘RTASINI ISLOH QILISH VA ARAZLASHISHDAN QAYTARISH 823. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Musulmon kishining birodari bilan uch kundan ko‘proq gaplashmay yurishi halol emas. Uchrashib qolishganda, bittasi yuzini bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga qilganlarning yaxshisi birinchi salom berganidir“. 824. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Arazlashmanglar. Agar arazlashsanglar, uch kundan oshirmanglar. Agar ikki muslim arazlashgan holda vafot etsa, ular jannatda jam bo‘lmaydi”. 825. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Allohning shunday bandalari borki, ularga qiyomat kuni nurdan minbarlar qo‘yiladi. Ular payg‘ambar ham, shahid ham emaslar. Payg‘ambar va shahidlar ularga havas qiladilar”. Sahobalar: “Ular kim, ey Rasululloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Ular Alloh yo‘lida do‘st tutinganlardir”. 826. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Jannat eshiklari seshanba va payshanba kunlari ochiladi. Shunda Allohga shirk keltirmagan har bir musulmon bandaning gunohi kechiriladi. Faqat birodari bilan o‘rtasida adovati bo‘lgan kishiniki kechirilmaydi. “Bu ikkalasi yarashguncha kutinglar”, deb to‘xtatib turiladi va uch kundan ortiq arazlashganlarning amali ko‘tarilganda, ortga qaytariladi”. 827. Abu Amomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “ Sha’bon oyi yarmiga yetganida kechasi Alloh dunyo osmoniga tushadi va yer ahliga qaraydi. So‘ngra yer ahlining, hammasini kofir va arazlashib gaplashmay yurganlardan boshqalarini kechiradi”. Faqih aytdilar: “Allohning tushishi amrining tushishidir. Alloh taolo: “Bas, Alloh ular hisobga olmagan tomondan keladi”, deganida ularga buyrug‘i kelgani kabi”. 828. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Besh kishining namozi qabul emas: erining g‘azabini olgan xotinning, xo‘jayinidan qochgan qulning, birodariga uch kundan ortiq gapirmay, arazlashib yurgan kishining, davomli aroq ichuvchining va qavmi yoqtirmagan imomning”. 829. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga Alloh yaxshi ko‘radigan va yengil bo‘lgan sadaqani aytaymi?” dedilar. Sahobalar: “Ha, ey Rasululloh”, deyishdi. Nabiy (s.a.v) aytdilar: “Bu ish birovlarning orasi uzilgan bo‘lsa, isloh qilib qo‘yishdir”. 830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): “Namoz, ro‘za va sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha”, deyishdi. “Orasi uzilganlarni isloh qilish”, dedilar Nabiy (s.a.v.). Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: “Kim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling