Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallik va kasalni ko‘rishlik fazilati bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
326 Alloh taolo ham aytadi: “Bandamga uning jonini olgunimcha yoki shifo bergunimcha sog‘ligida qilgan amallari kabi(ajr) yozinglar”. 857. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim kasal ko‘rgani borsa, u rahmat hovuzida suzadi. Agar kasalning oldida o‘tirsa, uning ichiga cho‘kadi”. 858. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim kasalni ziyorat qilsa, go‘yoki Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgandekdir. Bir kuni yetti yuz kunga teng”. Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ummu Dardoning oldida keldi va qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Aytdilar: “Uning eng katta davosi kasallarni borib ko‘rish, janozaga qatnashish va qabristonga chiqib turish”. U keyin shunday qildi va ichida bir xursandchilik tuydi, so‘ng uning oldiga kelib: “Sizni Alloh mukofotlasin”, dedi. ________________ Kasallik va kasalni ko‘rishlik fazilati bobi hadislari 846-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 847-hadis. Muttafaqun alayh. 848-hadis. Doruqutniy uni zaif sanagan. 849-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 850-hadis. Uqayliy, Doruqutniy rivoyat qilgan. 851-hadis. Botil. Xatib, Ibn Javziy rivoyat qilgan. 852-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan. 853-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 854-hadis. Zaif. Ibn Abud Dunyo, Ibn Asokir rivoyat qilgan. 855-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. “As-sahiha”ga qarang. 856-hadis. Munzariy rivoyat qilgan. 857-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 858-hadis. Izohi keltirilmagan. YETMISH SAKKIZINCHI BOB NAFL NAMOZLARINING FAZILATI 859. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: ”Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Namoz o‘qiydigan kishi uchun uch xislat bordir: farishtalar uning oyog‘idan to osmonning oxirigacha o‘rab oladilar; unga osmonning oxiridan boshidagi farqiga qadar yaxshilik tushadi; farishta: “Agar bu namozxon kim bilan suhbatlashayotganini bilganida, namozini tugatmas edi”, deb nido qiladi. 860. Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘shin jo‘natdilar. Qo‘shin g‘animga tezlikda hujum qilib, katta o‘ljani qo‘lga kiritdi. Shunda: “Ey Rasululloh, sizning qo‘shiningizdek tezkor hujum qilib, katta o‘ljani qo‘lga kiritgan qo‘shinni ko‘rmaganmiz”, deyishdi. Nabiy (s.a.v.): “Sizlarga tezkor hujum qilib, katta o‘ljalar oladigan qo‘shinimdan ham yaxshi bo‘lganlarning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha, ayting, ey Allohning elchisi!” deyishdi. Aytdilar: “Bir qavmki, bomdodni o‘qiydi. Keyin joylarida o‘tirib, Alohni zikr qiladi. Quyosh chiqqandan so‘ng ikki rak’at namoz o‘qiydi. Keyin ahllarining oldiga qaytadi. Ana o‘shalar tez hujum qilib, katta o‘ljalar oladiganlardir”. 861. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Odam bolasi tanasining har bir bo‘g‘ini uchun har kuni sadaqa qilishi shart. Yaxshi ishga chaqirishing |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling