Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Albatta, Parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra arshiga o‘rnashdi”
www.ziyouz.com kutubxonasi
334 Ikrimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: “Bir kishi o‘tib ketayotib, uxlab yotgan kishining oldida ikkita shaytonni ko‘rdi. Ularning biri sherigiga: “Borib bu odamning qalbini buz”, dedi. Unisi haligi kishining yaqiniga kelib, darhol orqasiga qaytdi va shunday dedi: “U bir oyatni o‘qib yotibdi. Biz uning oldiga kirolmaymiz”. So‘ng ikkinchisi uxlab yotgan kishining oldiga bordi. U ham qaytib ketdi va: “To‘g‘ri aytding”, dedi. So‘ngra ular ketishdi. Keyin musofir uyqudagi kishini uyg‘otib, shaytonlar bilan bo‘lgan ishni aytdi va “Uxlayotganingda qaysi oyatni o‘qib yotgan eding?” deb so‘radi. U: “Albatta, Parvardigoringiz Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra arshiga o‘rnashdi”, jumlasidan “Zero, Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir”gacha (A’rof, 54 – 56) o‘qiganini aytdi. Abu Majlaz aytadilar: “Kim zolim amirdan qo‘rqsa, “roziytu billahi robban va bil islami diynan va bi Muhammadin (s.a.v.) nabiyyan va bil Qur`ani imaman va hukman”, desa, unga Alloh najot beradi. 884. Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Xolid ibn Valid: “Ey Allohning elchisi, men tushimdan qo‘rqyapman”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “A’uzi bikalimatillahit tammati min ‘azabihi va ‘iqobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va a’uzu bika robbi an yahzurun, deb ayt”. 885. Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni Maozning (r.a.) qo‘llaridan ushlab aytdilar: “Senga vasiyat qilamanki, har namozingdan keyin ushbu: “Allohuma a’inni ‘ala tilavati zikrika va shukrika va husni ‘ibadatika” duosini o‘qishni tark qilma. 886. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) uyqudan uyg‘onsalar: “Alhamdu lillahillaziy ahyaniy ba’da ma amataniy va ilayhin nushur”, deb aytar edilar“. 887. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Agar birortangiz yomon tush ko‘rib, undan qo‘rqsa, chap tomoniga uch marta tuflasin va uning yomonligidan uch marta Allohdan panoh tilasin. Shunda u zarar bermaydi”. 888. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey Allohning elchisi, duolarning qaysisi afzal?” deb so‘radi. “Rabbingdan avfni, dunyo va oxirat salomatligini so‘rashing afzal”, dedilar. So‘ng uchinchi kun kelib, yana shunday deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar avf, dunyo va oxiratda salomatlik berilsa, albatta, najot topasan”, dedilar“. 889. Rivoyat qilishlaricha, Ibn Mas’ud (r.a.) safarga chiqishni xohlasalar, ulovlariga minib, so‘ng: “Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun. Allohumma, antas sohibu fis safar, val xolifatu fil ahl. Allohumma, atvi lanal arzo va havvin ‘alaynas safar. Allohumma, inna na’uzu bika min vu’asais safar val huru ba’dal kur va kaabatil munqolibi va suil manzar fil ahli va mali val valad“, deb aytar edilar. 890. Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: “Ahlingiz bilan turmush qurayotganingizda unga ikki rak’at namoz o‘qishni buyuring, so‘ng uning boshini ushlab, ey Parvardigor, menga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 335 ahlimni barkotli qil. Ahlimga meni barakotli qil va mendan uni rizqlantir va undan meni rizqlantir. Bizlarning oramizga yaxshilikni jam qil”, deb ayting”. Ja’far ibn Muhammad (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa bilan balolanib, to‘rt narsadan g‘aflatda qolgan kishiga hayronman: G‘am bilan balolanib, Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling