Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Duo va tasbehlar bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Duo va tasbehlar bobi hadislari
875-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan. 876-hadis. Sahih. Molik, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 877 (a)-hadis. Sanadida noaniqlik bor. 877 (b)-hadis. Zaif. Ibn Sano rivoyat qilgan. 878-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan. 879-hadis. Zaif. Haysamiy rivoyat qilgan. 880-hadis. Zaif. Haysamiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 881-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 882-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’a”ga qarang. 883-hadis. Muttafaqun alaqh. 884-hadis. Sahih. Molik, Nasaiy rivoyat qilgan. 885-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 886-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud rivoyat qilgan. 887-hadis. Muttafaqun alayh. 888-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 889-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 890-hadis. Sahih. Ibn Abu Shiyba, Tabaroniy rivoyat qilgan. 891-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan. 892-hadis. Zaif. SAKSON BIRINCHI BOB MULOYIMLIK TO‘G‘RISIDA 893. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Oyisha (r.a.) aytdilar: “Bir necha yahudiylar Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kirishga ruxsat so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) ruxsat berganlaridan keyin ular: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 337 “Assomu alayka” (ya’ni, senga o‘lim bo‘lsin ), deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Va alaykum” dedilar. Oyisha onamiz (r.a.) shunda: “Sizlarga o‘lim va la’nat bo‘lsin”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey Oyisha, Alloh taolo har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi” dedilar. Oyisha onamiz: “ Axir ular nima deyishganini eshitmadingizmi?” deb aytdilar. Nabiy (s.a.v.): “Va alaykum” (Ya’ni sizlarga ham) dedim-ku”, dedilar. 894. Oyisha onamizga (r.a.) Payg‘amar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Oyisha, kimga hilmdan nasiba berilsa, albatta, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi. Kim hilm nasibasidan mahrum etilsa, dunyo va oxirat yaxshiligidagi nasibasidan mahrum bo‘libdi”. 895. Said ibn Musayyabdan (r.a.)rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Aqlning boshi Allohga bo‘lgan iymondan keyin odamlar bilan murosai madora qilish va ularga muhabbatli bo‘lishdir. Kishi kengash maslahatdan halok bo‘lmaydi. Kishi o‘zining fikri bilan kifoyalansa, baxtli bo‘lolmaydi. Agar Alloh bandaning halok bo‘lishini xohlasa, avvalo uning fikri buziladi. Albatta, dunyoda yaxshilik ahllari bo‘lganlar oxiratda ham yaxshilik egalaridir. Dunyodagi yomon ish egalari bo‘lganlar, oxiratda ham yomonlik egalaridir”. 896. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo rafiqdir (ya’ni, muloyimdir) va rafiqlikni yaxshi ko‘radi. G‘azab bilan olinmagan narsa muloyimlik bilan olinadi. 897. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar Alloh taolo uy ahliga yaxshilikni xohlasa, ularga yumshoqlikni kirgizadi. Agar yumshoqlik xulq bo‘lsa, odamlar undan yaxshiroq xulqni ko‘rmaydilar. Agar bema’nilik xulq bo‘lsa, odamlar undan yomonrq xulqni ko‘rmaydilar». 898.Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Men bir katta tuyaning ustida edim. Tezroq yursin deb uni ura boshladim”. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: “Ey Oyisha, yumshoq bo‘l, chunki qaysi narsada yumshoqlik bo‘lsa, uni ziynatlaydi va qaysi narsada bo‘lmasa, u badnom bo‘ladi”, dedilar. 899. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Ushbu: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling