Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“O‘shanda (ya’ni do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“O‘shanda (ya’ni do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va 
zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar” 
(G‘ofir, 71-72) oyatini qiroat qildilar va bomdodgacha takrorlab, o‘qib yig‘ladilar. 
Tamim Doriydan rivoyat qilinadi. U kishi Alloh taoloning:
“Balki yomonlik – gunohlar kasb etgan kimsalar, Biz ularni ham iymon 
keltirgan va yaxshi amal qilgan zotlar kabi qilishimizni o‘ylagan edilar”.
(Josiya, 21) degan oyatini subhgacha takror-takror o‘qib yig‘ladilar. 
917. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “U zot (s.a.v.) 
“Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring, agar ularni mag‘firat 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
345
qilsang, albatta, Sen o‘zing qudrat hikmat egasidirsan” (Moida, 118)oyatini 
subhgacha takrorlab yig‘ladilar”. 
Xabarlarda kelishicha, Dovud (alayhissalom) bir gunoh qo‘yib, keyin ichimlik ichsalar
uni yarmi ko‘z yoshi bilan aralashgan bo‘lar edi. 
Bahz ibn Hakim aytadilar: “Biz bilan birga Zirora ibn Ubay Avfiy namoz o‘qidi. So‘ng 
“Qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganda” 
(Muddassir, 8) oyatini tilovat qilib vafot etdi”. 
Alloh taolo bizni ham shunday rizqlantirsin. 
_________________ 
Oxirat ishlariga qayg‘urish bobi hadislari 
912-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
913-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 
914-hadis. Zaif. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
915-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Asbahoniy rivoyat qilgan. 
916-hadis. Juda zaif. Asbahoniy rivoyat qilgan. 
917-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Nasaiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
SAKSON TO‘RTINCHI BOB 
KISHINING QANDAY TONG OTTIRISHI TO‘G‘RISIDA 
918. Faqih Abu Lays Samarqandiy Mujohiddan rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: “Menga 
Abdulloh ibn Umar (r.a.): “Ey Mujohid, ertalab tursang, kechgacha yashayman deb 
o‘ylama, kech qilsang, ertalabgacha umrim bor, deb o‘ylama. O‘limdan oldin 
hayotingni, kasal bo‘lmasdan oldin salomatligingni g‘animat bil. Chunki ertaga o‘likmi yo 
tirik bo‘lishingni bilmaysan”, dedilar”. 
Hakimlardan biri aytadilar: “Agar kishi ertalab tursa, to‘rt narsani niyat qilmog‘i lozim: 
1) Alloh unga farz qilgan narsalarni ado etishni
2) Alloh qaytargan narsalardan qochishni; 
3) muomalada bo‘ladigan kishilarga insof qilishni; 
4) o‘zi bilan xusumatchilari orasini isloh qilishni. 
Agar mana shu niyatlar bilan tong ottirsa, najot topishiga, solihlardan bo‘lishiga umid 
qilinadi”. 
Hakimlarning yana biriga: “Kishi qaysi niyat bilan to‘shakdan turishi kerak”, deb savol 
berildi. “Avval qanday yotganiga qaraladi, so‘ng turish haqida so‘raladi. Qanday uxlashni 
bilmagan kishi qanday turishni ham bilmaydi”, dedi u. Keyin yana aytdi: “Banda uch 
narsani isloh qilmasdan turib uxlamog‘i durust emas:
1. Xusumatchisi bo‘laturib, undan kechirim so‘rab, haqqini halol qilmasdan yotmog‘i 
durust bo‘lmaydi. Chunki o‘lim farishtasi kelib, jonini olsa, Robbiga ro‘baro‘ bo‘lganida
u uchun hujjat yo‘qdir. 
2. Alloh taoloning farzlarini qoldirib, uxlamog‘i durust emas. 
3. O‘tgan gunohlariga tavba qilmasdan uxlamog‘i ham durust bo‘lmaydi. Chunki kechasi 
o‘lim kelib qolsa, gunohlari bo‘ynida ketadi”.


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling